Insoniyat jamiyati fazasi


Ilk sinfiy sivilizatsiya (jez asri)


Download 82 Kb.
bet4/4
Sana14.10.2023
Hajmi82 Kb.
#1702145
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishi.

Ilk sinfiy sivilizatsiya (jez asri). Neolit inqilobining yadrosi qayta ishlab chiqaradigan iqtisodiyotga o`tish edi, sivilizatsiya siklini belgilab bergan neolit inqilobining yuragi jamiyat piramidasining uchinchi va to`rtinchi qavatlaridagi tub o`zgarishlar edi. Bu yerda davrning voqealari ijtimoiy kashfiyotlar xususiy mulkchilikni, pul muammosini, sinflarni, davlatni paydo bo`lishi edi.
Bu kashfiyotlar asta-sekin takomillashib keyingi sivilizatsiyalarning qiyofasini belgiladilar. Bu ijtimoiy institutlarning har biri tarixiy progressning borishi bilan shartlangan edi va u foydali funksiyalarni bajardi.
Jamoa mulkchiligining asosiy ishlab chiqarish vositalarini uncha katta bo`lmagan jamoalar uchun o`zlashtirish shakli edi. Bunday shaklning mavjudligi ularni tirik qolishiga va tabiiy muhitni yuqori darajada noaniqligi va o`zgaruvchanligi, mehnat unumdorligining past darajasi, qo`shimcha mahsulotning yo`qligi natijasi edi.
Lekin u endi progressga to`siq bo`ldi. Yerga ishlov berish, hayvonlarni o`stirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, hunarmandchilik va qurilishda yanada samarali texnologiyalarni qo`llab qo`shimcha mahsulotni tizimli yaratgan ishchilar o`zlarining mahsuldor mehnat natijlarini jamoani boshqa a’zolari bilan teng taqsim qilishga ko`nmadilar. Mehnat samaradorligini oshirishning eng muhim rahbatlantiruvchi omili, o`zining oila a’zolariga (ota tomonidan) meros bo`lib o`tadigan xususiy mulk bo`ldi.
Zamonaviy atamalardan foydalangan holda deb aytish mumkin bo`lsa, birinchi bor ko`p ukladli iqtisodiyot paydo bo`ldi. Taqsimotda bir tekislikni bartaraf qilish, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish natijalarini xususiy o`zlashtirish o`zi va oilasi uchun mulkni ko`paytirshga iqtisodiy manfaatdorlikni yaratdi, mehnat unumdorligini oshirishga intilishni kuchaytiradigan foydani ko`zlab ayirboshlashni amalga oshirish, boylik to`plash, yaxshi uylar qurish, bezak-taqinchoqlarga ega bo`lish motivatsiya mexanizmlarini harakatga keltirdi. Bu rivojlanish sur’atini ko`p marta jadallashtirdi.
Qo`shni jamoa qabila boshliqlari, harbiy boshliqlar, kohinlar, jamoaning tadbir a’zolari, eng yaxshi yerlar, chorva, o`loq-yaylovlar, harbiy o`ljalarni o`zlashtirib, ularga egalik huquqini o`z qo`llarida to`pladilar. Hukmmron tabaqa ana shunday paydo bo`ldi. Jamoaning boshqa a’zolari dehqon, hunarmand, chorvadorlar sifatida ilgari jamoa ixtiyorida bo`lgan mulkning bir qismiga ega bo`ldilar. Ular turli to`lov, majburiyatlarni o`tadilar.
Jamoaning mulki hisoblangan o`tloqlar, o`rmonlar, suv havzalari jamoaning umumiiy mulki bo`lib qolaverdi.
Ilk sinfiy sivilizatsiyalarning iqtisodiy munosabatlarini o`ziga xos xususiyati odamni mulk ob’ekti-qullar (asir tushganlar, qarzga botganlar) bo`ldi. Boshda asirga olinganlar o`ldirildi yoki qurbonlikka keltirildi, yoki diniy bayramlar, zodagonlarning dafn marosimlarida qurbonlikka keltirildilar. Ba’zida esa asirlarni to`la huquqli bo`lgan jamoa a’zolariga aylantirdilar.
Lekin vaqt o`tishi bilan qul mehnati qo`shimcha mahsulot yarata boshladi. Tarixchilarning tadqiqotlariga ko`ra qulchilik jez asrining iqtisodiy asosi bo`lmadi. Qo`shimcha mahsulotning asosiy qismini jamoachi-dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar yaratdilar.
Muntazam ayirboshlashning rivojlanishi turli xil tovarlarning qiymatini belgilaydigan yaratishni talab qildi. Insoniyat bu vazifani bajarishga da’vogar bo`lgan chig’anoq, yarim qimmatbaho toshlar, chorva mollari va boshqalarni sinab ko;rib, jez asrida qiymat o`lchovi, muomala va jamg’arish vositasi sifatida metall pul-oltin, keyin kumushni tanladi.
Qayta ishlab chiqarishning tuzilishi murakkablashdi, hajmlari kengaydi, uni uyushqoqligi o`sdi. Buni iqtisodiyotning asosi bo`lgan dehqonchilikni sug’orma dehqonchilikni yo`lga qo`yish uchun zarur bo`lgan sug’orish tizimini Nil, Dajla va Frot, Hind, Amudaryo va Sirdaryo vodiylarida boshqarish mantiqi talab qildi.
Bir necha darajalarda qayta ishlab chiqarish toifaviy tuzilishi yuzaga keldi: quyi-dehqonchilik, chorvachilik yoki hunarmandchilik oilasi, qo`shnni jamoa, yarim tovar yoki tovar quldor xo`ajliklari: hududiy alohida hhududlarda-Yuqori va
1. Asosiy yutuq-inson shaxsini gullab-yashnashi, ma’naviy sohani ustuvorligi, fan, san’at, mifologiyaning yuksalish, shaxsni erkin bo`lishi, erkinlik. Albatta bu erkinlik hamma uchun emas edi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnatdanb ajralishi mehnatni buyuk taqsimoti-mehnat unumdorligidagi sakrash tufayli, arzonroq va samarali temir qurollarni qo`llash oqibatida qo`shimcha mahsulotni o`sishi natijasida bo`ldi; bbu bir qism erkin fuqarolarni siyosat, fan-madaniyat bilan shug’ullanishiga iqtisodiy shrt-sharoit yaratdi.
Polislarda mulkchilikning qadimgi shakli-polis mulkchiligi yuzaga keldi: yerga egalik qilish huquqini shahar-jamoaning to`la huquqli a’zolari amalga oshirishlari mumkin edi; yerga, qullarga, ishkab chiqarish vositalariga huquqiga egalik bilan birga polis fuqarolari o`z-o`zini boshqarishda ishtirok etish, polisning barcha daromadlariga sherik bo`lish, huquqiga ega edilar. Polis ishlarida birdam bo`lish fuqaro uchun ham huquq, ham majburiyat edi. Polisning jamoatchiligi, uning fuqaro birdamligi, indivudiallik, shaxsning yuqori qadriyati bilan hamnafas bo`ldi. Aynan ana shu hamohanglik inson tafakkurini erkin rivojlanishiga qisqa muddatda falsafa, fan, san’at, adabiyot etika, estetikani taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Polisda davlat hokimiyati demokratiya, tiraniya, aristokratiya, oligarxiya kabi turli shakllarda bo`lishi mumkin edi. Lekin davlat hokimiyatining har xil shakllarida ham polis fuqarolarining erkinligi va to`la huquqligiga qat’iy rivoya qilindi, qaysiki fuqarolar o`zlari ustidan hech qanday hukmronlikka yo`l qo`ymaydigan, tabiatdan ozod hisoblanar edi.
4. Antik davrda sivilizatsiya nisbatan tor doiradan chiqdi, ilk bor jahon imperiyalari paydo bo`ldi.
I.M.Dyakonovning aytishicha jahon imperiyalarining vujudga kelishining iqtisodiy asoslari ittifoqchi davlat doirasida asosiy iste’mol mahsulotlarini (g’alla, gazlama) ishlab chiqaradigan dehqonchilik mamlakatlarini va ishlab chiqarish vositalari (metall, yuk ko`taradigan va tortadigan chorva mollari, teri va h.) ishlabh chiqarishga ixtisoslashgan tog’li va cho`l mamlakatlarini kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun majburiy birlashtirilishi zaruriyati bo`ldi. Imperiyalar Sharq dunyosining barcha hududlarida yuzaga keldi: Osuriya (er. avv. IX-VII asrlarda butun Old Osiyoni qamrab olgan), Yangi Bobil va Midiya (er. avv. VII-VI asrlar), Egey degizidan Hind daryosi vodiysi, Misrdan Sirdaryogacha qamrab olgan Ahmoniylar Eroni (er. avv. VI-IV asrlar), Hindistondagi Maurilar imperiyasi (er. avv. IV-II asrlar), Xitoyda Sin imperiyasi (er. avv. IV-III asrlar), Xan imperiyasi (er. avv. III-I asrlar), Kushonlar imperiyasi O`rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Shimolliy Hindistonni qamrab olgan Kushonlar imperiyasi (eramizning IV-I asrlari).
Bu imperiyalar ichida savdo-hunarmandchilik rivojlangan markazlari o`z-o`zini boshqaradigan mustaqil shaharlar shakllangan edi.
Jahon imperiyalari qo`shni mamlakat, hududlarni zo`ravonlik bilan yagona davlat tarkibiga birlashtirib, bosib olingan bu hududlardan xomashyo, ishchi kuchi, olpon, mamlakat chegaralarini himoyasi uchun jangchilar olar edilar. Lekin bu imperiyalar vaqtinchalik mo`rt bo`lib, ularning asoschilari o`limidan keyin, yoki uning vorislari davrida parchalanib ketar edi.
Makedoniyalik Iskandar (er. avv. 356-323-yillar) yunon shahar-davlatlarini Misr, Bobil, Eron, O`rta Osiyo, Hindistonni bir bir qismini bosib olib ulkan imperiyani barpo qildi. Sharqqa yurishlar natijasida Sharqning boy madaniyatini G’arb o`zlashtirib oldi. Sharq va G’arb madaniyatini qo`shilishi natijasida yangi ellin madaniyati yuzaga keldi. Rim shahar davlatidan er. avv. VIII asrdan boshlangan Rim imperiyasi imperator Trayan davrida deyarli butun G’arbiy va Janubiy Yevropani, Old Osiyo va Shimoliy Afrikani Qora dengezi bo`yini qamrab olgan ulkan imperiyaga aylandi.
. avv. 3-2 ming yilliklarda eneolitning qisqa davridan keyin Shimoliy Kavkaz, Karpat, Qora dengiz bo`yida va Uralda jez davriga o`tish belgilari ko`rindi. Metall quyish, undan mehnat qurollari, qurol-aslaha, taqinchoqlar yasash boshlanadi, manzilgohlar ko`payadi, dehqon va chorvador qabilalar o`rtasida ayirboshlash tizimi tus oladi. Jamoa mulkchiligi katta patriarxal oilalar xo`jaligi bilan birgalikda bordi. Jamoalar qabilalarga birlashdi, jamoaning mulki, urushlarda olingan o`lja boyliklarni o`zlashtirgan urug’-qabila oqsoqollari, harbiy boshliqlar, koxinlar urug’ zodagonlariga aylandilar. Bol’g’usi davlatlarning kurtagi ittifoqlari paydo bo`ldi.
Temir davri bu yerda taxminan er. avv. I ming yillikda Dnepr bo`yida Volga bo`yi, Shimoliy Kavkazda, er. avv. VII asrda Sibir va Oltoyda paydo bo`ldi.
Qadimgi Yaponiyada neolit er. avv. IV ming yillik o`rtalaridan er.avv. 300 yillargacha; neolit er. avv. 300 yillardan eramizning 300 yiligacha davom etdi. Eramizning 300 yildan 700 yilgacha qo`rg’onlar davri (yoki Yamato-kuchli podsholiklardan birini nomi) deb ataladi, bu vaqtda Yapon orollarida ilk sinfiy jamiyat shakllandi, ko`p davlatlar paydo bo`ldi.
Qo`shni Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalar rivojlandi. Bu davrning oxirida Yamato qabilasi yo`lboshchisi boshchilik qilgan federatsiya tashkil topdi. Bu davlat boshlig’i (“Tenno”-samoviy hukmdor deb nom oldi, keyinchalik-imperator) deb atalgan. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida aslzoda yer egalari, erkin dehqonlar, qaram ishchi beshinlar (mulki bo`lmagan va tenno va aslzodalar xo`jaligida ishlovchilar) va uy qullari ajralib chiqdi. Umumiy ishlov berishni talab qiladigan sholipoyalar jamoa mulki sifatida qaralgan. Xitoy iyeroglif yozuvlaridan ko`chgan yozuv paydo bo`ldi. Mamlakatda tarqalgan buddaviylik qadimgi sintoizm bilan hamo-hang bo`ldi. “Tayko islohotlari” natijasida (VII asr o`rtalari) va undan keyingi o`zgartirishlar natijasida yerlar, dehqonlar va yer egalari o`rtasida taqsimlandi (ulardan hammasi davlatga xizmati uchun yer ulushi egalari deb hisoblandilar), urug’chilik asoslarini yemirgan yangi ma’muriy tuzilishi kiritildi, yagona soliqlar joriy qilindi, beminlar dehqonlar bilan tenglashtirildi, qullikni tarqalish imkoniyatlari cheklandi. Ilk o`rta asr davlati shakllanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Yaponiya tezlashgan, noaniq ritmda uch birinchi tarixiy bosqichni bosib o`tdi.
Amerikada qadimgi jamiyatlar ajralgan holda, alohida yo`l bilan rivojlandilar. Hozirgi geologik va arxeologik ma’muriyatlarga ko`ra Amerika materigida aholining joylashuvi er. avv. 50-40 ming okean sathini yilliklarda 115 metrga va bundan 28-10 ming yil oldin okean sathini 120 metrga pasayishi natijasida Osiyodan Bering bo`g’ozi orqali aholining ko`chishi bir necha to`lqini bilan yuz beradi. Bu davrlarda Osiyoning shimolida iqlim nisbatan mo`tadil bo`lib, ovchi qabilalar mamont va boshqa hayvonlar orqasidan Shimoliy Amerikaga ketadilar, keyin esa Markaziy va Janubiy Amerikaga migratsiya qilganlar. Qulay iqlim sharoitlari, yirik hayvonlarning mo`l-ko`lligi yaroqli o`simliklarni ko`pligi aholini tez o`sishiga olib keldi. Natijada er. avv. VII ming yillikda mamontlar qirib yuborildi, bezonlar soni keskin qisqardi. er. avv. 7-5 ming yilliklarda aholi ratsionida o`simlik ovqatlari ko`proq miqdorini tashkil qila boshladi, dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan birlashib asosiy mashg’ulotga aylandi.
Mais (makkajo`xori) asosiy ekinga aylandi, no`xat, qovoq, avokado, achchiq qalampir ham ekilgan. Shimoliy Amerikaning Janubiy-Sharqida, hozirgi Meksikada va Peru qirg’oqlarida dehqonchilik ma’daniyatlari shakllandi. Natural ayirboshlash tarqaldi, ijtimoiy tabaqalanishning birinchi belgilari paydo bo`ldi.
Taxminan er. avv. 2 ming yillikda dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi qo`shimcha mahsulotli tizimni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi, bu ilk sinfiy jamiyatni va Markaziy Amerikada ko`p davlatlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Shaharlar, sug’orish tizimlari, ulkan ibodatxonalar qurila boshlandi. Olmek madaniyati, astek, mayalar davlatlari gullab-yashnadi. Jamiyat qat’iy ravishda ijtimoiy guruhlarga bo`lindi: hukmdor, harbiy yo`lboshchi va kohinlar, erkin jamoachi va hunarmandlar, savdogarlar, qullar. Er. avv. I ming yillik o`rtalarida yirik shaharlar qurildi. Astronomiya, matematika, haykaltaroshlik va me’morchilik rivojlandi.
Markaziy Amerikada er. avv. I ming yillikning oxirida Tiauanako sivilizatsiyasi shakllandi, uning gullab-yashnashi arxeologlar klassik davr deb ataydigan uzoq davrga cho`zilib ketdi. U eramizning 3 asridan 8 asrigacha davom etdi. Tiauanako ma’daniyatining tarqalishi markazi Boliviya yassi tog’ligida Titikaka ko`li yaqinida edi.
Metallni qayta ishlash (oltin, kumush, mis, jez) keng tarqaldi. Amerika temirni bilmas edi. Shuning uchun bu yerda “oltin jez asri ikkinchi emas, tarixiy sivilizatsiyalarning uchinchi o`rami uchun xosdir.
Amerika kontinentida bu davrda qator imperiyalar mavjud edi. Ularning ichida Inklar imperiyasi eng qudratli edi, yuksalishga XIII asrda asos qo`yildi. Inklar imperiyasi hududi 900 ming. km kv tashkil qilar edi, u Tinch okeani bo`ylab, 4800 km ga cho`zilib ketgan edi. Mamlakatda Pachakuteka hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o`tkazilgan edi, bu fransuz tarixchisi L. Bodinning “Inklarning sotsialistik imperiyasi” to`g’risida gapirishga asos bo`ldi.
Davlat va kohinlarning ehtiyojini qondirish uchun barcha o`z oilaviy yer ulushiga ishlov bergandan keyin Ink (davlat)ga va quyoshga (ibodatxonalar) tegishli yerlarga birgalikda ishlov berishga majbur edilar. Shunday yerlardan olingan mahsulotning bir qismi sug’urta jamg’armalarini yaratishga va beva, yetimlar, keksalar va nogironlarni ta’minotigfa ajratilar edi. Hunarmandlar tayyorlangan mehnat qurollari va qurol-aslaha davlat omborlarida saqlanar edi. Yer va chorva uch qismga bo`lingan: biri-oilani, boshqasi-Inka uchun, uchinchisi-Quyosh ehtiyojlari uchun ayirboshlash natural holda edi. Barcha oila boshliqlari quyi va o`rta darajadagi boshqaruv jarayoniga ishtirok etar edilar, oliy hokimiyat inkaga tegishli bo`lib, merois bo`lib o`tar edi. Davlat hokimiyatining bir qancha imtiyozlarga ega bo`lgan zodagonlar vakillari boshqarar edi. Lekin aholining barcha tabaqalari ham huquq va erkinliklardan foydalanmas edilar.
Inklar davlatida yuqori mehnat unumdorligiga erishilgan edi, uning natijasida barcha aholining turmush farovonligini nisbatan qo`llab-quvvatlash imkoniyatini berdi va yana katta shaharlarni, minglab km.ga cho`zilgan yo`llarni qurish, jarliklar ustida osma ko`priklar, 750 km.gacha uzunlikdagi kanallar bunyod qilishga, yuksak madaniyatga erishildi.
Amerikaning o`ziga xos lokal sivilizatsiyalri o`zining barcha texnik va madaniy yutuqlari bilan XV asrning oxiri XIV asrda Yevropalik kolonizatorlar tomonidan vahshiylarcha yo`q qilinidi. Lokal sivilizatsiyalarning ajralgan rivojlanish bo`lgan ulkan tarixiy eksperiment vaqtincha uzildi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо’yxati:

  1. S. Xantington “Stopknoveniye sivilizatsiy ? // Polis, M, 1994.

  2. SemenovY.N. Sotsialnaya filosofiya A.Toynbi. M., 1980.

  3. Sorokin P. Chelovek, sivilizatsiya, obhestvo. M., 1992.

  4. T.S. Pilye “ Falsafa tarixi” T., “Sharq” – 2002 y.

  5. Tatsit Korneliy Sochineniya v 2-x tomax. L., 1969.

  6. Toynbi A. Postijeniye istorii. M., 1991.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling