Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiya va uning turlari. (Mablag‘, moliyaviy, moddiy, aqliy, real.)


Download 79.03 Kb.
bet18/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiya va uning turlari. (Mablag‘, moliyaviy, moddiy, aqliy, real.)
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ham ajratish mumkin:

    • moliyaviy investitsiyalar;

    • moddiy investitsiyalar;

    • aqliy (intellektual) investitsiyalar.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar bo‘lib, ilmiy ishlar, tajribalar natijasi, litsenziyalar «nou-xau», mutaxassislar tayyorlash va kadrlarni qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini joriy etish kabilar hisoblanadi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalar bozor munosa- batlarining rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonla- riga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau», kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi
Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar. (Pul, qimmatli qog‘ozlar, lizing, kredit, grantlar, moliya bozori.)
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. (investitsiya tushunchasi,real investitsiyalar, moliyaviy investitsiya.) .) «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ya’ni, «kelajakda katta miqdordagi mablag‘ olish uchun bugun puldan voz kechish» degan ma’noni anglatadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling