Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Download 79.03 Kb.
bet19/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiyalar bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapital. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarga, hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.
U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: «Real investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (yer, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar bu qog‘ozda bitil- gan shartnomalardir. Bularga oddiy aksiyalar va obligatsiyalar kiradi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa, investitsiyalarning asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash institutlari- ning keng miqyosida rivojlanishi real investitsiyalarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Investitsiyalarning bu ikki xil shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchidir»3.
Investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;

  • ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);

  • intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan, u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni.

Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar ham kiradi.
Moliyaviy investitsiyalarning tarkibida portfel investitsiyalarni farqlash mumkin. Portfel investitsiyalar – mulkdan daromad olishda huquq beruvchi qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yishdir. Moliyaviy aktivlarga investitsiyalar quyidagi shakllardagi qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi:

  • asosiy iqtisodiy agentlar faoliyati jarayonida yaratilgan barcha ko‘rinishdagi to‘lov va moliyaviy majburiyatlar;

  • naqd pullar;

  • joriy hisobraqamdagi mablag‘lar;

  • banklarga qo‘yilgan muddatli omonatlar;

  • turli xil qisqa muddatli qarz majburiyatlari;

  • obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar.


Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling