Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja


VII. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishga qo‘yiladigan alohida talablar


Download 31.14 Kb.
bet6/7
Sana28.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1301960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari

VII. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishga qo‘yiladigan alohida talablar
Oldingi tahrirga qarang.
18. INM O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali olib o‘tilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq INMni hisobga oladi va nazorat qiladi va 15 kun muddatda INM to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida har chorakda hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin 20-kunda belgilangan tartibda hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakli bo‘yicha yadroviy material eksporti va importi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga axborot taqdim etadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli hududiy organining INM aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar obyektlarining sanitariya-gigiyena xavfi to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda INM aylanishi subyektlari tomonidan INM olinishi va berilishiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ruxsat beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishi subyektlari INM olinishi va berilishi to‘g‘risida hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakllari bo‘yicha 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tegishli hududiy organini xabardor qiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari axboroti hajmi, hisobot ma’lumotlari INM tipiga, ularning kategoriyasiga qarab aniqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakllarda aks ettiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Noqonuniy aylanishdan olib qo‘yilgan INM qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy egasiga qaytarilishi yoki utilizatsiya qilinishi (ko‘mib tashlanishi) kerak.
INMni noqonuniy aylanishdan olib qo‘yishda ularni vaqtincha saqlash, hisobga qo‘yish, fizik himoya qilish, shuningdek qonuniy egasini xabardor qilish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda utillashtirish (ko‘mib tashlash) ta’minlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling