369
jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal
qilish, ma’lum bo‘lmagan
voqea-hodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra
olish. Tafakkur tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘ladi.
Tahliliy – ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish metodi –
iqtisodiy fikrlashni
muvofiq ravishda bildirilgan fikrlarning eng
maqbulini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rgatishga
qaratilgan
metod.
Test
– 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot,
qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir;
2) aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material,
savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat
baholarini oldindan berilgan ba’zi standart-test me’yorlari bilan qiyosiy
o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtiril-
gan metodi.
Test metodi
- ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, savol qo‘yib,
unga bir-
biriga yaqin bir necha, lekin to‘g‘risi bitta bo‘lgan javoblar
mujassamlangan
topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavzuni
o‘rganishga, o‘quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Tushuncha
-
atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
Faoliyat
– 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki
(ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni
kishilar tamonidan
maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
FSMU metodi -
o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z
fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini
baholashga, bahslashish madaniyatini
va unga rioya qilishni
o‘rgatadigan metod.
Shaxsiy fazilat
- shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va
ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini
anglay olish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: