Iqtisod moliya


asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga 
undovchi demokratik iqtisodiyotdir. 
 Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Kelgusi 
boblarda yanada batafsilroq ko’ramiz. Bu bizga bozor iqtisodiyotini yanada chuqurroq 
o’rganishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotining Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,
ob’ektlari va sub’ektlari aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.  
Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz 
berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini 
ifodalaydi. 
Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir. 
 Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham 
bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul.
Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki 
agregatlari tushuniladi.


Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari 
 Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz 
egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat. 
Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi 
manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi: 
uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut va davlat (hukumat). 
1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik — oiladan 
iborat. 
Uy xo’jaligi: 
a) ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi; 
b) mustaqil qarorlar qabul qiladi; 
v) ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi; 
g) o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi. 
2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib: 
a) ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish 
maqsadida foydalanadilar
b) maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar; 
v) mustaqil ish yuritadilar. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling