Iqtisod moliya


bozor tuzilishi jihatidan qaralganda eng avvalo oldi-sotdi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

bozor tuzilishi jihatidan qaralganda eng avvalo oldi-sotdi 
munosabatlarining ob’ekti bo’yicha guruhlarga bo’linishi sifatida qaraladi. Ob’ekti 
jihatidan bozorni quyidagicha ajratish mumkin: 
Iste’mol tovarlar va xizmatlar bozori: 
— oziq-ovqatlar bozori; 
— nooziq-ovqat tovarlari bozori; 
— xizmatlar bozori. 
Resurslar bozori: 
— ish kuchi bozori (mehnat bozori); 
— ishlab chiqarish vositalari; 
— xom ashyo bozori.
Ko’chmas mulk bozori: 
er bozori
— uy-joy bozori. 
Moliya bozori: 
— pul bozori; 
— investitsiya bozori; 
— qimmatli qog’ozlar bozori; 
— valyuta bozori; 
— sug’urta bozori. 
Axborot bozori. 
 Intellektual tovarlar bozori va boshqalar. 
Sotib olinadigan tovarlar qanday ehtiyojlarni qondiradi, qanday maqsadda ishlatilishiga 
qarab, ikki katta guruhga bo’lish mumkin. 
1.Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori. Bu bozorda firma va korxonalar o’zlari ishlab 
chiqargan tovar (xizmat)larni sotadi, uy xo’jaligi (oilalar) sotib oladi. Bu iste’molchilar bozori 
bo’lib, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlarning oldi-sotdisini bildiradi. Iste’mol 
bozoridan aholi o’z iste’moli uchun tovarlar va tovarlar shaklidagi pulli xizmatlarni xarid qiladi. 
Bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlari yuzaga keladi, pul egasi 
tovar olsa, tovar egasi pul oladi. Sotuvchilar tovar ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatini 
olgan korxona, tashkilot yoki ayrim fuqarolar bo’lsa, xaridorlar esa keng iste’molchilar 
ommasidan iborat. Xaridorlarga faqat fuqarolargina kirib qolmay, balki ularga harbiy va 
militsiya qism-lari, qamoqxonalar, aholiga pul yoki imtiyozli to’lov asosida xizmat 
ko’rsatuvchilar, korxona va tashkilotlar, masalan, kasalxona, etimxona, bolalar bog’chasi, 
qariyalar uyi ham kiradi. 
Iste’mol tovarlari bozorining ichki tovar manbai — turli mulkka oid korxonalar yaratgan 
tovarlar. Tashqi manbai — bu tovarlar importi. Xizmatlar bozori aholiga maishiy xizmat 


ko’rsatish, kommunal xizmatlari, turli-tuman ta’mirlash ishlari, axborot xizmatlari turini o’z 
ichiga oladi. 
Tovarlashgan xizmatlar: 
a) ishlab chiqarish xizmatlari; 
b) ijtimoiy xizmatlardan iborat. 
Xizmatlar bozorining tovarlar bozoridan muhim farqi shundaki, ular asosan 
iste’molchining talabi shu xizmat ko’rsatilishi jarayonida qondiriladi, ishlab chiqarish bilan 
realizatsiya, iste’mol jarayoni bir vaqtda ketadi. Jamiyat rivojlangan sari xizmatlar bozori 
kengayib boradi. Xizmatlarning yangi turlari vujudga keladi. Tovarlashgan xizmatlarning hajmi 
turlarining ko’pligi jamiyatning iqtisodiy etukligi, kuch-qudratini xarakterlaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling