Iqtisod moliya


Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning faoliyatini muvaffaqiyatga erishishga 
yo’naltirilganligi, foydani ko’proq olishga intilishidir. Hozirgi paytda esa shu maqsaddagina 
faoliyat yuritish emas, balki jamiyatda sotsial muammolarni hal qilish, madaniyat, fan, sog’liqni 
saqlash, maorif, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolarda faol qatnashishi ham ko’zda 
tutiladi. 
3.Tadbirkorlikni iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak, tadbirkor 
o’z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni echishda o’ziga xos kutilmagan yondashuvi, 
original echimlar topishi, ya’ni yo’llarini qidirishi, xullas tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi. 
Bunda asosiy o’rinda tadbirkor shaxsi turadi. 
Har qanday bozor xo’jaligining asosini iqtisodiy faol sub’ektlar —tadbirkorlar tashkil 
etadi. Insonning tabiat in’om etgan eng muhim xususiyatidan biri uning qanday moddiy va 
ijtimoiy mavqega ega bo’lishidan qat’i nazar, o’zining qobiliyatini tatbiq etishga harakat qilishi, 
imkon qidirishidir. 
O’z maqsadiga muvofiq biron ishni yo’lga qo’yish xuddi o’z eriga ishlov berishga 
harakat qilish kabi insonning tug’ma intilishidir. 
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy jarayonning markaziy omili tadbirkordir. Bozor 
iqtisodiyotini tadbirkorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tadbirkorlar sinfi erkin, bozor iqtisodiyotiga 
tayangan demokratik jamiyatdagi o’rtacha tabaqa, ular iqtisodiy faol, qonunga rioya qilishga 
harakat qiluvchi qatlam hisoblanadi. Ular ikki qutb: boylar va kambag’allar hisobidan ortib 
boradi. 


Tadbirkorlik bu biron ish bilan oddiygina mashg’ul bo’lish emas, u insonning o’ziga xos 
fikrlashi, dunyoqarashi, shaxsiy intuitsiyaga ega bo’lishi, xislatidir. Tadbirkor bo’lish — demak 
bosh-qalar qilmagan ishni qilishdir, deb hisoblaydi Shumpeter. Uzoqni ko’ra bilish, tasavvur 
qilish, doimo qoloqlik, eskilikka, to’siqlarga, chetdan ko’rsatiladigan bosimlarga dosh berish, 
qarshi tura bilish kabi xislatlarga ega bo’lish kerak. Tavakkal qilishni bilish, noaniqlik oldidan 
qo’rquvni engishi, yuz beradigan jarayonlarga qarab ish tutish emas, balki ana shu jarayonlarni 
izmiga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak. Tadbirkorni g’alabaga bo’lgan intilishi olg’a 
undaydi. Bu uning o’ziga xos mehnati va shu mehnatining iqtisodiy xarakterga ega ekanligidir. 
Har bir kishi tadbirkor bo’lishi uchun eng avvalo o’zidagi xislatlarga to’g’ri baho bera 
olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15 — 20% i qolib, qolganlari kasodga 
uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste’dod va maxsus 
tayyorgarlikni talab etadi. Bizni adabiyotlarimizda tadbirkorlik ko’proq xo’jalik yuritish nuqtai 
nazaridan qaraladi. 
Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik to’g’risidagi qonunda tadbirkorlikka 
shunday ta’rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida, 
tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan 
iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir». 
Jahon adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi. 
Birinchi funktsiyasi — resurs bilan ta’minlash. Har qanday xo’jalik faoliyatining asosini 
resurslar tashkil etadi. Chunki, resurslarsiz hech nima qilib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning 
ob’ektiv (ishlab chiqarish vositalari, ya’ni er, kapital) hamda sub’ektiv (zarur bilim, kasb, tajriba 
va mohirlikka ega kishilar) omillari birlashgandagina biron ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatish, umuman olganda biron faoliyat yuritish mumkin. 
Ikkinchi funktsiya — tashkilotchilik. Buning ma’nosi — biron faoliyat uchun zarur 
bo’lgan ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va kombinatsiyalashning maqsadga tez va 
samarali tarzda olib boradigan yo’llarini topish va shu asosda ish olib borish. 
Uchinchi funktsiya — ijodkorlik, tashkiliy xo’jalik novatorligi, yangilikka intilishi bilan 
bog’liq. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida, ayniqsa, narxsiz raqobat kurashi uslublari 
kuchaygan sharoitda biznes uchun bu funktsiyaning ahamiyati yanada kuchayadi. Natijada 
innovatsiya bilan bog’liq tadbirkorlik uchun yangi sharoit yaratiladi, ilmiy-texnikaviy 
ishlanmalar, venchur biznesi (texnika-texnologiya yangiliklarini qo’llashga asoslangan biznes) 
bozori rivojlanadi. Tadbirkorlikning axborot infrastrukturasi takomillashadi. Davlat 
tashkilotlarining foydali axborotlaridan foydalanish imkoni, patent-litsenziya xizmatlari, elektron 
hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida ma’lumot to’plash, internet orqali axborot olish 
imkonlari kengayadi. 
Shunday qilib, tadbirkorlik risk qilgan holda, mablag’larni samarali sarflab, ishlab 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling