Iqtisod moliya


chiqarish omillarini eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

chiqarish omillarini eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda 
olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyatdir. 
 


2-§. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari 
 
Tadbirkorlik faoliyati nihoyatda xilma-xil bo’lib, unga turli nuqtai nazardan qarash 
mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: 
a) jismoniy shaxslarya’ni yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritadiganlar. Ular 
patent, litsenziya asosida faoliyat yuritishadi; 
b) huquqiy shaxslar, ya’ni yuridik shaxs maqomiga ega holda tadbirkorlik qilish. Ular 
asosan turli shakldagi firmalar, korxonalar bo’lib, qabul qilgan nizomlari asosida ish yuritadilar. 
Mulkchilik maqomiga ko’ra tadbirkorlik faoliyati, asosan individual, oilaviy-xususiy
korporativ-xususiy, jamoa, davlat, qo’shma mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikka bo’linadi. 
Ulardan har biri xo’jalik yuritish tizimida o’z o’rnini topadi. 
Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, xarakteri, takror ishlab chiqarish jarayoni, 
uning asosiy bosqichlarining farqlanishiga ko’ra tadbirkorlik quyidagi turlarga bo’linadi: 
ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, sug’urta, vositachilik va boshqalar. 
Mamlakatda amal qilinayotgan qonunlar asosida ish olib borishi yoki yo’qligiga qarab, 
tadbirkorlik legal-rasmiy ochiq hamda yashirin (jinoiy) — xufiya tadbirkorlikka bo’linadi.
Tadbirkorlikni ish ko’lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmi, yoki band bo’lganlar 
soniga qarab iqtisodchilar kichik, o’rta, yirik biznesga bo’lishadi. 
Respublikamizda qabul qilingan «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonunga ko’ra 
tadbirkorlikni quyidagi turlari e’tirof qilinadi: 
— yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik
— ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan 
xususiy tadbirkorlik; 
— bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi; 
— oilaviy tadbirkorlik; 
— yuridik shaxslar va fuqarolar, o’z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida 
amalga oshiriladigan tadbirkorlik. 
Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda eng qiyini — aniq maqsadni tanlash, uni amalga 
oshirishdir. U quyidagi bosqichlardan tarkib topadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling