Iqtisod moliya


Iqtisodiy kategoriya sifatida


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

1.Iqtisodiy kategoriya sifatida qarash. Buning uchun uning ob’ekti va sub’ektlarini 
aniqlash zarur. 


Tadbirkorlik ob’ekti maksimal darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish 
omillari (kapital, er, mehnat) ni eng samarali nisbatini topib ishga tushirishdir. 
I. Shumpeter fikricha tadbirkorning asosiy ishi iqtisodiy resurslarni ishlatishning eng 
optimal-maqbul variantini va ularni eng ratsional nisbatlarini qidirishdir. Aynan ana shu xislati 
bilan tadbirkor oddiy xo’jalik yurituvchidan farq qiladi. Tadbirkor iste’molchilarga ma’lum 
bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning yangi usuli (texnologiyasi)ni yaratish, 
yangi bozorlarni egallash, yangi xom ashyo manbalarini o’zlashtirish va hokazolarga intiladi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari, eng avvalo jismoniy shaxslar (yakka hol, oilaviy) bo’lishi 
mumkin. Bunda ular o’z mehnatlari asosida, shu bilan birga chetdan ishchi yollab ish yuritishlari 
mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan o’zaro shartnoma va iqtisodiy 
manfaatdorlik asosida bog’langan kishilar jamoasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Jamoaviy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida aktsionerlik jamiyatlari, ijara jamoalari, kooperativ
shirkat va boshqalar, alohida tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat, uning tashkilotlari (organlari) 
ish olib borishi mumkin. 
2.Tadbirkorlikka xo’jalik yuritish uslubi (metodi) sifatida qarasak, uning bosh 
xususiyati, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligidir. Tadbirkorning 
mustaqilligi huquqiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Eng avvalo, tadbirkorlik faoliyat turini 
tanlash, ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini tanlash, resurslarni 
sotib olish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va hokazo. 
Tadbirkorlik erkinligi ma’nosida uni faoliya-ti ustidan rahbarlik qiluvchi, ya’ni nima faoliyat 
bilan shug’ullanishi kerak, nima ishlab chiqarishi, qancha xarajat qilishi, kimga sotishi, necha 
puldan sotishi, qancha ishlab chiqarishini ko’rsatadigan, belgilab beradigan tashkilot — organ 
yo’q. Lekin, tadbirkorning faoliyati doimo bozor, undagi talab va taklif nisbati, narx bilan 
chambarchas bog’liq. 
Tadbirkorlikning ikkinchi xususiyati natija qanday bo’lishidan qat’i nazar qabul qilingan 
qarorga javobgar bo’lish. Tadbirkorning faoliyati doimo tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. U 
esa doimo noaniqlik, bilib bo’lmaydigan natija bilan bog’liq. Nihoyatda aniq hisob-kitob ham, 
uni asosida qilingan taxmin (prog-noz) ham nazariy jihatdan to’g’ri bo’lishiga qaramay, amalda 
hammasi puchga chiqishi mumkin. Tadbirkorning oldindan qilgan mo’ljali oqibatining 
noaniqligi uning doimiy yo’ldoshidir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling