Iqtisod moliya
T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker); Testlar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib
T/N
1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker); Testlar 1a); 2a); 3b); 4v); 5v); 6d); 7b); XIV BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQOBAT Bozor iqtisodiyotida raqobat muhim ahamiyatga ega, uning afzalligi ham ko’p jihatdan raqobatga bog’liq. Raqobat iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, yangiliklar yarvtish, ishlab chiqarishga so’nggi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga ham raqobat undaydi. Shuning uchun raqobatni tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur bob raqobatga bagishlangan. Unda raqobatning mazmuni, mukammal va nomukammal raqobat, monopoliya va uning vujudga kelish sabablari, monopoliya turlarini o’rganamiz. Raqobatning cheklanishi qanday oqibatlarga olib kelishi, raqobatchilik muhiti yaratilishi naqadar zarurligi, uni vujudga keltirishda davlatning rolini ko’rib chiqamiz. 1-§. Raqobat va uning shakllari Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri uning raqobotga asoslanganligidir. Raqobot bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Raqobot kishilik jamiyatining barcha jabhalariga xos. Raqobot qaysi jabhada olib borilishidan qat’i nazar uning markazida inson manfaatlari turadi. Inson tabiatan o’zini, o’z manfaatlarini o’ylaydigan qilib yaratilgan. Xar bir inson o’z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar o’rtasida obro’- e’tibor qozonish (kabilar) uchun harakat qiladi. Kishilik jamiyati hayotining asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol o’ynaydi. Ma’lumki, tirik tabiatda ham yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Xar qanday tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iqtisodiy hammasi mutanosiblikka intiladi. Raqobat ana shu mutanosiblikning optimal darajada bo’lishini ta’minlaydi. Raqobat (konkurentsiya) lotincha — cancuro degan so’zdan olingan bo’lib, to’qnashuv degan ma’noni bildiradi. O’zbek tilida raqobat kim o’zdi, basma-baslikka bellashuv ma’nosini anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raqib bilan. Raqiblar — bir-biriga qarama- qarshi turuvchilar bo’lib, biror narsani talashuvchilar ma’nosini ifodalaydi. Demak, raqib so’zi bilan konkurentsiyaning ma’nolari yaqin. Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raqobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida manfaatlar to’qnashuvi yuz beradi. Ana shu to’qnashuvda kuchlilar yutib chiqadi, zaiflar mag’lub bo’ladi yoki har ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib o’zaro manfaatli bitim tuzadi. Tabiiy savol tug’ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi? Raqobatning asosiy sababi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, manfaatlarning mavjudligidir. Xar bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Xar bir kishi o’z manfaati yo’lida harakat qiladi. Raqobatni iqtisodiy nuqtai nazardan qisqa qilib ta’riflaydigan bo’lsak, quyidagicha ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling