Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni. Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari


Download 33.99 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1357670
  1   2
Bog'liq
pedagogika 2


MAVZU: IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYON
SIFATIDA
Reja:
1. Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni.
2. Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari.
3. Shaxs bilan ijtimoiy-pedagogik ish olib borish metodikasi va texnologiyasi.

1.Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat deganda ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy-pedagogik muhofaza qilish vazifalarini yechishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirgi davr sharoitlarida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoiy pedagog olib boruvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bular: moddiy yordam ko‘rsatish (nafaqalar va imtiyozlar, kundalik hayotda yordam); ijtimoiy ishni tashkillashtirish (xodimlarni tanlash); insonga ta’sir ko‘rsatish. Insonga ta’sir ko‘rsatish - bu pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, mazkur ish bilan ijtimoiy xodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanadi.
Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, oilaviy tarbiya, bola shaxsiyati nimaligini, qanday muloqot usullari mavjudligini, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning xususiyatlarini bilishi lozim.
Ijtimoiy pedagog ishining maktab pedagogi yoki sinf rahbari ishidan farqi nimada? Pedagog ko‘pincha sinf yoki guruh bilan ishlaydi, uning ish metodlari asosan jamoa bilan ishlashni nazarda tutadi. Ijtimoiy pedagog ayrim shaxs, ayrim bola bilan, kichik guruh bilan, muayyan oila bilan ishlaydi.
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi - bolani, o‘smirni ijtimoiy himoya qilish, unga ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko‘rsatish, uning ta’lim olish, uni reabilitatsiya qilish yoki jamiyatga moslashuv jarayonini tashkillashtirish. Bu vazifalarni hal qilish uchun ijtimoiy pedagog bolani, uning holatini o‘rganadi, uni yanada rivojlantirish yo‘llarini rejalashtiradi.
Ijtimoiy-pedagogik muhofaza - ayrim tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va axloqiy-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi omillar va vositalar tizimi, uning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, uning ma’naviy va jismoniy kuchlari erkin rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy muammolar - inson maqsad va natija o‘rtasidagi nomuvofiqlik sifatida tushunuvchi ziddiyat. O‘suvchi organizm sifatidagi har qanday bola ijtimoiy hayotda muammoli vaziyatlarga duch keladi. Rivojlanishning har bir bosqichida bola va uni qurshagan muhit ijtimoiy vazifalarning yangi darajasi va o‘z imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarni aniqlaydi. Agar me’yorlar o‘z vaqtida o‘zgartirilmasa, tegishli sharoitlar yaratilmasa, hayot uchun muhim vazifalarni mustaqil yechish yo‘lida turli xil muammolar yuzaga keladi.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling