Iqtisod moliya


T/N  1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker); Testlar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

 T/N 
1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8N (Gerri Bekker);
Testlar 
1a); 2a); 3b); 4v); 5v); 6d); 7b); 


XIV BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA 
RAQOBAT 
Bozor iqtisodiyotida raqobat muhim ahamiyatga ega, uning afzalligi ham ko’p jihatdan 
raqobatga bog’liq. Raqobat iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, yangiliklar yarvtish, ishlab chiqarishga 
so’nggi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga ham raqobat undaydi. Shuning uchun raqobatni 
tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur bob raqobatga bagishlangan. Unda raqobatning mazmuni, mukammal va 
nomukammal raqobat, monopoliya va uning vujudga kelish sabablari, monopoliya turlarini 
o’rganamiz. Raqobatning cheklanishi qanday oqibatlarga olib kelishi, raqobatchilik muhiti 
yaratilishi naqadar zarurligi, uni vujudga keltirishda davlatning rolini ko’rib chiqamiz. 
 
1-§. Raqobat va uning shakllari 
 
Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri uning raqobotga asoslanganligidir. 
Raqobot bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Raqobot kishilik jamiyatining barcha 
jabhalariga xos. Raqobot qaysi jabhada olib borilishidan qat’i nazar uning markazida inson 
manfaatlari turadi. Inson tabiatan o’zini, o’z manfaatlarini o’ylaydigan qilib yaratilgan. Xar bir 
inson o’z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar o’rtasida obro’-
e’tibor qozonish (kabilar) uchun harakat qiladi. Kishilik jamiyati hayotining asosini iqtisodiy 
faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol 
o’ynaydi.
Ma’lumki, tirik tabiatda ham yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Xar qanday 
tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iqtisodiy hammasi mutanosiblikka intiladi. Raqobat ana shu 
mutanosiblikning optimal darajada bo’lishini ta’minlaydi. 
Raqobat (konkurentsiya) lotincha — cancuro degan so’zdan olingan bo’lib, to’qnashuv 
degan ma’noni bildiradi. O’zbek tilida raqobat kim o’zdi, basma-baslikka bellashuv ma’nosini 
anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raqib bilan. Raqiblar — bir-biriga qarama-
qarshi turuvchilar bo’lib, biror narsani talashuvchilar ma’nosini ifodalaydi. Demak, raqib so’zi 
bilan konkurentsiyaning ma’nolari yaqin. 
Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raqobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat 
jarayonida manfaatlar to’qnashuvi yuz beradi. Ana shu to’qnashuvda kuchlilar yutib chiqadi, 
zaiflar mag’lub bo’ladi yoki har ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib o’zaro 
manfaatli bitim tuzadi. 
Tabiiy savol tug’ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi? 
Raqobatning asosiy sababi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, manfaatlarning 
mavjudligidir. Xar bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Xar bir kishi 
o’z manfaati yo’lida harakat qiladi. 
Raqobatni iqtisodiy nuqtai nazardan qisqa qilib ta’riflaydigan bo’lsak, quyidagicha 
ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling