Iqtisodiy bilim asoslari


ISHLAB CHIQARISH VA UNING OMILLARI


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

ISHLAB CHIQARISH VA UNING OMILLARI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Qaysi rasmlardagi ne’matlar tabiat tomonidan, inson ishtirokisiz 
vujudga kelgan?
2. 2- rasmdagi nonlar tayyor bo‘lgunicha qanday bosqichlardan o‘tgan?
3. 3 – 6- rasmlardagi narsalarning qaysi birining vujudga kelishida inson 
ishtiroki ko‘proq talab qilinadi deb o‘ylaysiz?
4. Rasmdagi narsalarning vujudga kelishida inson ishtirokidan tashqari 
yana nimalar bo‘lishi talab qilinadi.
1
4
2
5
3
6
Insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne’matlar 
yaratish jarayoni ishlab chiqarish deb yuritiladi. Iqtisodchilar iqtisodiy 
ne’matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni — ishlab chiqaruvchilar
ularni iste’mol qiluvchilarni esa iste’molchilar deb ataydilar.
Sut, non, avtomobil, poyabzal, koptok, kitob, mehmonxona yoki 
sartarosh xizmati kabilar hozirgi zamonda iqtisodiyot sohasi tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 
bir qismi, xolos. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning turi shu qadar ko‘p va xilma-xilki iqtisodchilar ularni 
bir necha yo‘l bilan quyidagi turlarga ajratadilar:
1. Ishlab chiqarish iqtisodiyotning qaysi sohasida ro‘y berayotganli-
giga qarab:
3
6
5
2
1
4
http:eduportal.uz


21
— iqtisodiyotning birlamchi sohasida foydali qazilmalar, suv, gaz, 
neft, yog‘och kabi tabiiy ne’matlar xom ashyo sifatida tabiatning o‘zidan 
bevosita olinadi. Bu ne’matlarni biz ishlab chiqarishning tabiiy omili 
deb aytgan edik.
— iqtisodiyotning ikkilamchi sohasida xom ashyo qayta ishlanadi va 
kiyim-kechak, konfet, daftar, velosiped kabi tayyor mahsulotga aylan-
tiriladi.
— iqtisodiyotning uchlamchi yoki xizmat ko‘rsatish sohasida esa tu-
rizm, teatr tomoshalari, tibbiy va shu kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.
2. Ishlab chiqarish kim tomonidan amalga oshirilayotganiga qarab:
— davlat sektoridagi ishlab chiqarish;
— xususiy sektordagi ishlab chiqarish.
3. Ishlab chiqarilgan mahsulot kimga mo‘ljallanganligiga qarab:
— iste’molchilar uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish;
— ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot ishlab chiqarish.
4. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasi bo‘yicha:
— kapitaldan ko‘p foydalaniladigan ishlab chiqarish. Masalan, kimyo, 
neft va gaz, avtomobil sanoatida inshoot, dastgoh, asbob-uskunalardan 
ko‘p foydalaniladi va ularning ishlab chiqarish omillaridagi ulushi kat-
tadir.
— ishchi kuchidan ko‘p foydalaniladigan ishlab chiqarish. Masalan, 
turizm, chakana savdo, teatr tomoshalari kabi xizmat ko‘rsatish sohalarida 
ishchi kuchining ishlab chiqarish omillari tarkibidagi ulushi kattaroq. 

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling