Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

33
7- MAVZU
IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Poyabzal sexi 2012- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2015- yilda 
23 mln so‘m, 2018- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi.
Narxlar 2012- yilga nisbatan 2015- yilda 18 % ga, 2018- yilda esa
30 % ga qimmatlashgan. 
1. 2015- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2012- yilda 20 mln so‘m 
pulga olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday?
2. 2018- yilda 30 mln so‘m pulga 2012- yilda 20 mln so‘m pulga 
olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2015- yilda 23 mln 
so‘mga olganchalik tovar va xizmatlarni-chi?
3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2015- yilda firma foydasi haqiqatan 
ham ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2018- yilda-chi?
Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar 
miqdori tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning 
yillik daromadi esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan 
iboratdir. Firmaning joriy yildagi daromadini uning oldingi yillardagi 
daromadlari bilan solishtirmoqchi bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz 
kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z 
navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan taqdirda ham 
firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma foydasining 
ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va real 
foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narx-
lardagi daromadi yoki foydasi firmaning nominal daromadi yoki nominal 
foydasi deb ataladi. Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini 
inobatga olgandagi qiymatlari firmaning, mos ravishda, real daromadi 
yoki real foydasi bo‘ladi. Narxlarning o‘zgarishi darajasini aniqlovchi 
ko‘rsatkich — bu narxlarning o‘zgarish indeksidir. Bu indeks joriy yildagi 
o‘rtacha narxlarning taqqoslash uchun olingan yildagi o‘rtacha narxlarga 
3 – E. Sariqov, B. Xaydarov
http:eduportal.uz



Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling