Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Ijtimoiy ne’matlar
 — bozor taqdim eta olmaydigan, davlat 
tomonidan ishlab chiqariladigan va mamlakat aholisi tomonidan 
birgalikda iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar.
Birgalikda iste’mol qilinish xususiyati
tovar va xizmatlarning 
ko‘plab odamlar tomonidan bir vaqtning o‘zida iste’mol qilinishi.
Iste’molni cheklab bo‘lmaslik xususiyati
— haqi to‘lanmagan 
taqdirda odamlarni bu tovar va xizmatlarni iste’mol qilishdan cheklab 
qo‘ya olmaslik.
http:eduportal.uz


58
Davlatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida turli, bir-biriga zid 
fikrlar mavjud. Birinchi tomonning fikricha, davlatning roli keskin 
qisqartirilishi kerak, chunki davlatning iqtisodiyotga keragidan ortiq 
aralashuvi iqtisodiy erkinlikni cheklab qo‘yishi mumkin. Ikkinchi 
tomon, davlatning rolini oshirish tarafdori. Chunki shunday muammolar 
borki, bozor ularni davlatning ishtirokisiz hal qila olmaydi.
Bilasizmi?
2. Raqobatni qo‘llab-quvvatlash. Davlat monopoliyaga qarshi 
kurashadi, raqobatni himoya qiladi va rag‘batlantirib turadi.
3. Ijtimoiy ne’matlar — tovar va xizmatlar bilan ta’minlash. Davlat 
bozor taqdim eta olmaydigan, lekin jamiyat uchun zarur bo‘lgan 
atrof-muhitni muhofaza qilish, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi 
sohalarda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradi va aholiga taqdim etadi.
4. Qo‘shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish. Ma’lumki, har qanday 
tovar va xizmatlarning bevosita ishlab chiqaruvchisi va iste’molchisi 
bo‘ladi. Lekin shunday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonlari 
ham borki, ular nafaqat ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga taalluqli 
bo‘ladi, balki bu jarayonga bevosita aloqasi bo‘lmagan uchinchi tomonga 
ham ta’sir qiladi. Masalan, zavod mo‘risidan chiqayotgan tutun bu 
zavoddagi ishlab chiqarish jarayoniga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, 
zavod atrofida yashayotgan aholi salomatligiga ta’sir qiladi. Bu holat 
iqtisodiyotda qo‘shimcha tashqi ta’sir deb yuritiladi. Bunday tashqi 
ta’sirlarni tartibga solish ham davlat zimmasiga yuklatiladi. Agar tashqi 
ta’sir salbiy bo‘lsa, uning oldini olish choralari ko‘riladi. Agar ijobiy 
bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, davlat 
atrof-muhitni ifloslantirib, tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalarga 
jarima va soliqlar belgilaydi, ta’limni rivojlantirib, butun iqtisodiyotga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muassasalarga esa moliyaviy imtiyozlar beradi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling