Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Iqtisodiy tenglik — barcha iqtisodiy xatti-harakatlarni adolatli amalga 
oshirish uchun sharoit yaratish. 

Iqtisodiy xavfsizlik – aholini iqtisodiy bo‘hronlardan, qashshoqlik, 
ishsizlik, inflatsiya oqibatlaridan himoya qilish. 

Iqtisodiy o‘sish – tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining 
muttasil o‘sib borishini ta‘minlash.
Shunday muammo va vazifalar borki, ularni bozorning o‘zi hal qila 
olmaydi. Shu bois, bu vazifalar davlat zimmasiga yuklanadi. Bular 
quyidagilar: halol raqobat muhitini yaratish, bozor haqida ma’lumotlar 
olishda hammaga birdek imkoniyatlar yaratish, qo‘shimcha tashqi 
ta’sirlarni tartibga solishijtimoiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish. 
Mamlakat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni himoya qilish, ta’lim, 
fan, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish kabi qator ijtimoiy xizmatlar 
borki, ularni tashkil qilish hamda boshqarishni faqat markazlashgan holda 
amalga oshirish zarur. Ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Bu 
xizmatlarni faqat haqini to‘laganlarga ko‘rsatib, boshqalarni esa bundan 
foydalana olmaydigan qilib, cheklab bo‘lmaydi. Bu ijtimoiy tovar va 
xizmatlarning cheklab bo‘lmaslik xususiyatidir. Bundan tashqari, bunday 
faoliyat natijasi har doim ham bevosita foyda olishga qaratilmagan. 
Shuning uchun ham bu ijtimoiy ne’matlarni yaratish ko‘pincha tad-
birkorlar e’tiboridan chetda qoladi va u bilan davlat shug‘ullanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, davlat o‘z zimmasiga quyidagi
iqtisodiy vazifalarni oladi:
1. Jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asosini saqlab turish. Davlat
insonlarning jamiyatda yashashi, faoliyat ko‘rsatishiga oid va ular 
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi qonun va huquqiy me’yorlarni 
o‘rnatadi, qonun oldida barchaning tengligini kafolatlaydi va ularning 
bajarilishini nazorat qiladi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling