Iqtisodiy tenglik — barcha iqtisodiy xatti-harakatlarni adolatli amalga
oshirish uchun sharoit yaratish.
•
Iqtisodiy xavfsizlik – aholini iqtisodiy bo‘hronlardan, qashshoqlik,
ishsizlik, inflatsiya oqibatlaridan himoya qilish.
•
Iqtisodiy o‘sish – tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining
muttasil o‘sib borishini ta‘minlash.
Shunday muammo va vazifalar borki, ularni bozorning o‘zi hal qila
olmaydi. Shu bois, bu vazifalar davlat zimmasiga yuklanadi. Bular
quyidagilar: halol raqobat muhitini yaratish, bozor haqida ma’lumotlar
olishda hammaga birdek imkoniyatlar yaratish, qo‘shimcha tashqi
ta’sirlarni tartibga solish, ijtimoiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish.
Mamlakat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni himoya qilish, ta’lim,
fan, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish kabi qator ijtimoiy xizmatlar
borki, ularni tashkil qilish hamda boshqarishni faqat markazlashgan holda
amalga oshirish zarur. Ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Bu
xizmatlarni faqat haqini to‘laganlarga ko‘rsatib, boshqalarni esa bundan
foydalana olmaydigan qilib, cheklab bo‘lmaydi. Bu ijtimoiy tovar va
xizmatlarning cheklab bo‘lmaslik xususiyatidir. Bundan tashqari, bunday
faoliyat natijasi har doim ham bevosita foyda olishga qaratilmagan.
Shuning uchun ham bu ijtimoiy ne’matlarni yaratish ko‘pincha tad-
birkorlar e’tiboridan chetda qoladi va u bilan davlat shug‘ullanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, davlat o‘z zimmasiga quyidagi
iqtisodiy vazifalarni oladi:
1. Jamiyatning huquqiy va ijtimoiy asosini saqlab turish. Davlat
insonlarning jamiyatda yashashi, faoliyat ko‘rsatishiga oid va ular
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi qonun va huquqiy me’yorlarni
o‘rnatadi, qonun oldida barchaning tengligini kafolatlaydi va ularning
bajarilishini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |