Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Kreditning yillik
foiz stavkasi Kredit haqi Kredit miqdori = 100% . Tijorat banki — aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank. Depozit — omonat yoki bankka qo‘yilgan mablag‘. http:eduportal.uz 67 kredit foizi miqdori — I quyidagi formula yordamida topiladi: I = P•r•t. Bankka qaytariladigan pul miqdori S=P+I formulaga ko‘ra aniqlanadi. Aytaylik, “Ziyo” firmasi “Savdogarbank” dan 100 mln so‘mni yarim yilga 20% yillik foiz stavkasi bilan olayotgan bo‘lsin. Firma bankka I = P•r•t = 100000000•20%•0,5 = 100000000•0,2•0,5 = 10000000 so‘m kredit foizi to‘lab, yarim yildan so‘ng yuz million so‘m pulni, jami S = P + I = 100000000 + 10000000 = 110000000 so‘m qilib qaytaradi. Bu kredit foizini hisoblashning oddiy foizlar usuli deb ataladi. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, banklar kredit foiz miqdor- larini yana boshqa usullar bilan ham hisoblashadi. Masalan, bank yillik kredit foizini asosiy qarzga qo‘shib, keyingi yili kredit foizini shu summadan hisoblab borishi mumkin. Bu holatda, bank yillik foiz stavkasi — r bo‘lgan, n yilga olingan P so‘m miqdordagi qarzni n yildan so‘ng P n =P•(1 + r) n so‘m qilib qaytarishi lozim bo‘ladi. Bu usul murakkab foizlar usuli deb ataladi. 1. Bankning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan? 2. Bankka pul qayerdan tushadi? 3. Bankning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rnini tushuntirib bering. 4. Markaziy va tijorat banklarining farqi nimada? 5. Markaziy bankning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini ayting. 6. Tijorat banklarining vazifalarini ayting. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling