Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Davlat budjeti
– davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati. Boj — davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadigan haq. Davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirganlik uchun yoki davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan ayrim xizmatlar uchun davlatga to‘lanadigan maxsus to‘lov turi davlat boji deb ataladi. Aytib o‘tish lozimki, soliqlar davlat budjeti daromad qismining asosiy manbasi hisoblanadi. Shu manbalar asosida davlat o‘z pul mablag‘larining markazlashgan jamg‘armasi — davlat budjetining daromad qismini hosil qiladi va uni yil davomida xarajat qiladi. Budjet mablag‘lari quyidagi sohalarga sarflanadi: — ta’lim va fan, madaniyat va san’at; — sport va sog‘liqni saqlash; — milliy xavfsizlik; — qarilik va nogironlik pensiyalari, nafaqalari hamda stipendiyalar; — ishsizlik nafaqalari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; — atrof-muhitni himoya qilish; — jamoat tartibini saqlash; — davlat korxonalari va boshqaruv organlarining moliyaviy ta’minoti; — ba’zi bir davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash va boshqalar. http:eduportal.uz 62 O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti O‘zbekiston Respub- likasining Oliy Majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Yil yakunlangandan so‘ng hukumat budjetning ijrosi bo‘yicha Oliy Majlisga hisobot beradi. Bilasizmi? Ko‘rib turganingizdek, davlat budjeti mablag‘lari, asosan, jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olishga, aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan transfert to‘lovlariga sarflanar ekan. Odatda, davlat budjetining daromad va xarajat qismlari o‘zaro teng bo‘lmaydi. Ko‘pincha, daromadga qaraganda xarajat ko‘proq bo‘ladi. Davlat budjetining xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi musbat farqni budjet kamomadi deb atashadi. Yillar davomida jamlanib kelingan budjet kamomadining jami miqdori davlat qarzini tashkil qiladi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ichki qarz davlatning o‘z fuqarolari, firma va tashkilotlari oldidagi majburiyatlari bo‘lsa, tashqi qarz chet el davlatlari, xalqaro banklar va moliyaviy muassasalar oldidagi qarzidir. Davlat budjetining daromadlari xarajatlaridan ortiq bo‘lgan holda davlat budjeti profitsiti yuzaga keladi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling