71
oshirib, tartibga solib turish imkoniyatiga ega. Masalan, agar markaziy
bank tijorat banklari zaxira
normasining miqdorini oshirsa, kreditga
beriladigan mablag‘ miqdori kamayadi. Natijada, muomaladagi pul
miqdori kamaya boshlaydi.
Aksincha, agar markaziy bank zaxira
normasini
kamaytirsa, tijorat banklarini kreditga berishi mumkin bo‘lgan
mablag‘lari miqdori oshadi, muomalaga ko‘p pul chiqariladi. Ko‘rib
turganingizdek, zaxira normasining o‘zgarishi
ham davlatning bank
tizimi orqali iqtisodiyotga, xususan,
inflatsiyaning oldini olish, narxlarni
jilovlab turish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga ta’sir o‘tkazish
uchun xizmat qiladi.
1. Davlat budjet-soliq siyosatining mohiyati nimada?
2. Davlat o‘z budjet-soliq siyosatini qaysi vositalar
yordamida va qanday
yuritadi?
3. Agar davlat aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirmoqchi
bo‘lsa, qanday chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak?
4. Davlatning transfert to‘lovlarini oshirishi mamlakat iqtisodiyotida
qanday o‘zgarishlarga olib keladi?
5. Davlat budjeti kamomadini kamaytirishning qaysi yo‘li samarali?
6. Markaziy bank mamlakatdagi pul massasini qanday yo‘llar
bilan
tartibga solishi mumkin?
7. Banklar zaxira normasini belgilash nima uchun kerak?
8. Agar markaziy bank kredit foiz stavkasini ko‘tarsa, mamlakatda ishlab
chiqarish sur’atlari qanday o‘zgaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: