Iqtisodiy bilim asoslari
Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati
— davlat budjetining daromad va xarajat qismlarini o‘zgartirish yordamida iqtisodiyotni tartibga solish. http:eduportal.uz 70 ikki pog‘onali bank tizimini hosil qiladi. Markaziy bank davlatga tegishli bo‘lib, u orqali davlat mamlakatda muomaladagi pul massasini tartibga solib turadi. Markaziy bankning vazifalaridan biri ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatiga mos miqdordagi pulni muomalaga chiqarish- dan iboratdir. Muomalaga pul chiqarish pul emissiyasi deb ataladi. Qog‘oz pul va tanga ko‘rinishdagi naqd pullarni faqat markaziy bank chiqaradi va tarqatadi. Tijorat banklari esa bu pulni o‘z mijozlari — firma va aholiga yuqoriroq foiz stavkasida qarzga beradi. Shu tariqa, ikki pog‘onali kredit tizimi vujudga keladi. Bu holatda, agar davlat muomaladagi pul miqdorini kamaytirib, inflatsiyaning oldini olmoqchi bo‘lsa, markaziy bankning tijorat banklariga beradigan qarzlarining foiz stavkasi oshiriladi. O‘z-o‘zidan tijorat banklari ham mijozlariga beradigan qarzlari foiz stavkasini oshiradi. Natijada, tijorat banklari mijozlari, firma va aholi yuqori foiz stavkali qarzlarni olmay qo‘ya boshlaydi. Muomaladagi pul miqdori kamaya boshlaydi. Mablag‘ yo‘qligi tufayli tadbirkorlar faoliyati ham susaya boshlaydi. Aksincha, agar davlat muomaladagi pul miqdorini oshirib, tadbirkorlarni mablag‘ bilan ta’minlab, ularning faolligini oshirmoqchi bo‘lsa, markaziy bank qarzlarining foiz stavkasi kamaytiriladi. Markaziy bank muomaladagi pul miqdorini tijorat banklarining zaxira normalarini belgilash orqali ham nazorat qilib borish imkoniyatiga ega. Tijorat banklarining mablag‘lari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchisi bank ixtiyorida bo‘lgan mablag‘lar bo‘lsa, ikkinchisi banklarning zaxira mablag‘laridir. Tijorat banklarining zaxira mablag‘lari muomaladagi pul massasini nazorat qilish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida markaziy bankda jamg‘arib qo‘yiladigan mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Tijorat banklari barcha mablag‘larining qancha qismini (qancha foizini) zaxiraga olib qo‘yishlari ham markaziy bank tomonidan belgilanadi va bu ko‘rsatkich banklarning zaxira normasi deb yuritiladi. Markaziy bank tijorat banklarining zaxira normalarini oshirish yoki kamaytirish orqali ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirib yoki Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling