Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Amaliy mashq. Firma o‘z xodimiga 2019- yil yanvar oyi uchun 2 000 000 
so‘m ish haqi hisobladi. Xodimda o‘zi ishlaydigan korxonaning aksiyalari 
ham bor va u bu aksiyalardan dividеnd ko‘rinishida 450 000 so‘m daro-
mad qiladi. Uning bankdagi omonatlari 350 000 so‘m omonat foizi sifatida 
daromad kеltiradi. Xodim davlatga qancha daromad solig‘i to‘lashi kеrak? 
Firma xodimining ish haqidan to‘lanadigan soliq: 
2 000 000 . 12% = 240 000 so‘m; Uning aksiyalari dividеndlaridan 
to‘lanadigan soliq: 450 000 . 5% = 22 500 so‘m;
Uning omonatlari foizlaridan to‘lanadigan soliq: 
350 000 . 5% = 17 500 so‘m;
Firma xodimi yanvar oyi uchun davlatga 240 000 + 22 500 + 17 500 = 
= 280 000 so‘m daromad solig‘i to‘lashi kеrak.
Eslatma: Fevral oyi uchun soliq miqdorini hisoblashda xuddi yuqorida-
giga o‘xshash ish tutiladi. Lekin soliq faqat fevral oyi uchun emas, balki yil 
boshidan buyon o‘tgan 2 oy uchun hisoblanadi va yanvar oyida to‘langan 
soliq miqdori undan ayriladi. 
Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham o‘zlarining faoliyati 
natijasida olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 
2019-yil 1- yanvardan boshlab yuridik shaxslardan undiriladigan foyda 
solig‘i:
- tijorat banklari uchun 22 dan 20% ga; 
- boshqa yuridik shaxslar uchun 14 dan 12% ga tushirildi.
Soliq stavkasining tushirilishi soliq to‘lovchilariga soliq yukini 
kamaytirish va hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni korxonani 
rivojlantirishga va invеstitsiyalarga yo‘naltirishga imkon yaratadi.
Shuning bilan bir paytda, ayrim turdagi yuridik shaxslar uchun foyda 
solig‘ining alohida stavkalari bеlgilandi. Buni quyidagi jadvalda ko‘rish 
mumkin.
http:eduportal.uz


81
1. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?
2. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i qanday undiriladi?
3. Jismoniy shaxslarning dividendlari va foizlar ko‘rinishida olgan 
daromadlaridan qanday stavkada soliq olinadi?
4. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i stavkalari 
haqida nimalar bilasiz? Ular pasaytirilishining boisi nimada?
5. 2019- yildan boshlab yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i 
bo‘yicha qanday o‘zgarishlar ro‘y bеrdi?
6. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i bo‘yicha yengilliklar 
soliq to‘lovchi yuridik shaxslar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling