Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1
3
5
2
4
6
O‘zbekiston hududida joylashgan uy-joylar, xonadonlar, dalahovli 
imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlardan mol-mulk 
solig‘i to‘lanadi. Mol-mulkning soliqqa tortiladigan qiymati sifatida
http:eduportal.uz


83
2017- yilgacha inventarizatsiya (hisobga olish) qiymati olinar edi va 
bu qiymatda bozor narxlarining o‘zgarishi aks etmas edi. 2018- yildan 
boshlab esa mol-mulk solig‘i mulkning kadastr (bozor narxini e’tiborga 
olgan holda) qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqarilmoqda.
Mulkning kadastr qiymati, odatda, inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 
ancha qimmat bo‘ladi. Shuning uchun ham 2018- yilda mol-mulk solig‘i 
yuki keskin oshib ketmasligi uchun soliq stavkalari 2017- yildagiga 
nisbatan ancha pasaytirildi.
2018- yili mamlakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-
mulk solig‘i stavkasi (agar mol-mulkning umumiy maydoni 200 m

dan 
oshmasa) mol-mulkning hisoblangan kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 % 
miqdorida belgilangan.
Umumiy maydoni 200 m
2
dan 500 m

gacha bo‘lgan va shaharlarda 
joylashgan uy-joylar, xonadonlar - 0,25%, umumiy maydoni 500 kvadrat 
metrdan ortiq bo‘lgan va shaharlarda joylashgan uy-joylar, xonadon-
lar - 0,35%, umumiy maydoni 200 m

dan ortiq bo‘lgan va shahardan 
boshqa aholi punktlarida joylashgan mol-mulklar 0,25% stavkada soliqqa 
tortiladi.
Mol-mulk solig‘ini hisoblash uchun kadastr qiymatining eng kichik 
summasi 42 mln so‘m dеb bеlgilangan. Ya’ni mol-mulkning kadastr qiymati
42 mln so‘mdan kam qilib ko‘rsatilishi mumkin emas. Jismoniy shaxslarning 
mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq idoralari tomonidan hisoblanadi. 
Imorat, bino va inshootlardan to‘lanadigan soliqlarning miqdori ularning 
har yil 1- yanvardagi qiymatiga asosan belgilanadi. Imorat, binolar va 
inshootlarning egasi bir nechta bo‘lsa, ulardan undiriladigan soliq miqdori 
har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi. Yangi qurilgan yoki sotib 
olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi. 
Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk 
solig‘ini to‘lash ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan 
boshlab to‘xtatiladi. 
Meros bo‘lib qolgan mulkdan mol-mulk solig‘i meros olingan paytdan 
boshlab to‘lanadi. Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi 
joriy yilning 1- yanvaridan boshlab egalik huquqi yo‘qolgan paytgacha 
(oygacha) soliqni to‘laydi. Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini 
olgan oydan boshlab to‘laydi.
Agar mulk egasi soliq to‘lashda ayrim imtiyozlarga ega bo‘lish 
huquqini qo‘lga kiritsa, mol-mulk solig‘i o‘sha huquq vujudga kelgan 
http:eduportal.uz


84
oydan boshlab qayta hisoblanadi. 
Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqida to‘lov xabarnomalari davlat soliq 
idoralari tomonidan to‘lovchilarga har yili 1- maydan kechiktirmay 
topshiriladi. Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan quyidagi mol-mulklar mol-
mulk solig‘iga tortiladi:

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling