Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz 87 Mamlakatimiz soliq tizimida yer solig‘i mahalliy soliq turiga mansub. Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, ushbu soliq turi qat’iy to‘lovdir. Ya’ni yer egalari va foy- dalanuvchilari o‘z faoliyatlari davomida qanchalik foyda ko‘rganlaridan qat’i nazar, yer solig‘ini to‘lashlari shart. Ushbu soliq amalga tatbiq etilishining asosiy maqsadi — yerdan oqilona foydalanish, uni avaylash, talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan belgilanadi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Yagona soliq to‘lashga o‘tgan yoki soliqning alohida turlariga o‘tgan korxonalar, savdo tashkilotlari yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmaydilar. Yuridik shaxslar ajratib berilgan yerlar uchun yerdan foydalangan yoki foydalanmaganidan qat’i nazar yer solig‘i to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘ining quyidagi stavkalari qo‘lla- niladi: 1. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i stavkasi; 2. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yer solig‘i stavkalari. Yer solig‘i stavkasi va yagona yer solig‘i stavkasi O‘zbеkiston Rеspub- likasi Prеzidеnti qaroriga asosan bеlgilanadi. Odamlarning hovlilari va jamoat imoratlari band etgan yerlar qiymati 2 ga ko‘paytirilgan (2 koeffisient qo‘llanilgan) holda baholanadi va ular shu qiymatdan yagona yer solig‘i to‘laydilar. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi. Yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuri- tish uchun qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida berilgan yerlar – yer uchastkasi berilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga soliq solinmaydi. Agar yerdan o‘z o‘rnida foydalanilmasa, bu imtiyoz qo‘llanilmaydi. 4. Rasmlardagi yerlarning qaysi biri egasiga ko‘proq daromad keltiradi deb o‘ylaysiz? 5. Sizningcha, yer solig‘i nima uchun kerak? http:eduportal.uz 88 Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i stavkalari yer sifatiga bog‘liq holda belgilanadi. Quyidagi yer maydonlari yer solig‘idan ozod etiladi: • shaharlar, shahar qo‘rg‘onlari, qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, ariq yoqalari, ariqlar, mozorlar va boshqalar); Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling