Iqtisodiy bilim asoslari


• asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi  bo‘yicha olingan asosiy vositalar (masalan, intellektual mulk);  •


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi 
bo‘yicha olingan asosiy vositalar (masalan, intellektual mulk); 
nomoddiy aktivlar; 
tugallanmagan qurilish obyektlari;
belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar.
Mol-mulk solig‘i korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiyma-
tidan olinadi. O‘rtacha yillik qoldiq qiymat har oyning oxirgi sanasiga 
soliq solinadigan obyektlarning qoldiq qiymatlarining yig‘indisini 12 ga 
(12 oyga) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
2019- yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkasi soliq so-
lish bazasiga nisbatan 2 % miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi 
korxona mulkining qayta baholangan qoldiq qiymatidan undiriladi. 
Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar (urush nogironlari, qatnashchilari
ko‘p bolali ayollar, pensionerlar va boshqalar) uchun mol-mulk solig‘i 
bo‘yicha imtiyozni qo‘llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon 
miqyosi 2019- yilgacha 60 kvadrat metrni tashkil qilar edi. Yangi soliq 
qonunchiligiga binoan bu o‘lcham o‘zgarmay qoldi. Agarda jismoniy shaxs 
tomonidan o‘ziga tegishli mol-mulk tadbirkorlarga ijaraga berilsa, yoki 
undan mulkdorning o‘zi tadbirkorlik maqsadlarida foydalansa, oldingi 
yillarda bu mol-mulkka nisbatan imtiyozlar qo‘llanilmas edi. 2019- yil-
dan boshlab bu qoida bekor qilindi. Ya’ni, bunday mol-mulkka nisbatan 
ham imtiyozlar saqlab qolinadigan bo‘ldi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar Soliq kodeksining 275- mod-
dasida batafsil keltirilgan. 
Mol-mulk solig‘iga tortilishi zarur bo‘lgan mol-mulk egasi bo‘lgan 
yuridik shaxs mol-mulk solig‘i subyekti hisoblanadi. Yuridik shaxslar-
ning mol-mulki solig‘iga tortiladigan mol-mulklari esa mol-mulk solig‘i 
obyekti bo‘ladi.
Har qanday jismoniy shaxsning ma’lum miqdorda mol-mulki bo‘ladi. 
Qonunga ko‘ra, mol-mulkidan soliq to‘lovchi shaxs mol-mulk solig‘i 
http:eduportal.uz


85
1. Mol-mulk solig‘i nimalardan to‘lanadi?
2. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini qanday stavkalarda to‘laydilar?
3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinuvchi soliq qanday hisob-
lanadi?
4. Yuridik shaxslardan mol-mulk solig‘i qanday stavkada to‘lanadi?
5. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz sifatida soliq solinmaydigan mol-
mulk maydoni qancha belgilangan?
6. Mol-mulk solig‘i obyektlari haqida nimalarni bilasiz?
7. Mol-mulk solig‘i subyektlari kimlar?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling