Iqtisodiy bilim asoslari


Shaxsiy turar joylar va dala hovlilarning kadastr qiymatidan qanday


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

2. Shaxsiy turar joylar va dala hovlilarning kadastr qiymatidan qanday 
foiz stavkasida mol-mulk solig‘i undiriladi?
A) 3–3,5%;
B) 2%;
D) 0,5%;
E) 0,2–0,35%.
3. Mahsulot ishlab chiqarish, sotish yoki uni import qilish jarayonida 
mahsulot narxiga qo‘shilgan qiymatning bir qismi davlatga 
to‘lanadigan soliq turi qaysi javobda berilgan?
A) Qo‘shilgan qiymat solig‘i;
B) Mol-mulk solig‘i;
D) Aksiz solig‘i;
E) Bojxona to‘lovi.
4. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat so lig‘ining asosiy stavkasi necha 
foiz qilib bel gilangan?
A) 10%; B) 15%;
D) 18%;
E) 20%.
5. Qaysi javobda aksiz solig‘i soli nadigan mahsulot turi beril magan?
A) Kiyim-kechaklar;
B) Tamaki mahsulotlari;
D) Neft, gaz mahsulotlari;
E) Oltin va kumushdan tayorlangan mahsulotlar. 
6. Bilvosita soliq nimadan olinadi?
A) Daromaddan
B) Mulkdan;
D) Yerdan; 
E) Tovardan.
7. Fuqarolardan qanday soliq undiriladi? 
A) Faqat daromad solig‘i;
B) Faqat daromad va mulk solig‘i;
D) Daromad, mulk va yer solig‘i;
E) Daromad, mulk va ekologiya solig‘i.
D. 77- bet III bob titulidagi rasmlar bo‘yicha
Rasmlarning qaysilari bobdagi qaysi mavzuga taalluqli ekanligini 
ayting. Ushbu rasmlar asosida mavzularning mazmunini so‘zlab bering.
http:eduportal.uz


96
Mamlakatimizda soliq islohotlarigacha bo‘lgan davrdagi holatni eslasak, 
soliq yuki bizda, iqtisodiyoti bizning darajamizda rivojlangan mamlakatlar bilan 
taqqoslaganda, ancha yuqori edi. Bu esa soliqdan qochish hollarini ko‘paytirib, 
xufiyona iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan edi. Soliq tizimimizda 
kichik biznesga o‘rnatilgan soliq bilan o‘rta va katta biznesga o‘rnatilgan soliq 
yuki orasidagi farq judayam katta edi. Bu esa kichik biznes vakillarining 
rivojlanib o‘rta va katta biznes darajasiga o‘tishlaridan qaytarib turar edi. 
Sobiq soliq tizimimizdagi yana bir yirik salbiy yondashuv shundan iborat 
ediki, yalpi tushumni soliqqa tortish amaliyoti keng tarqalgan edi. Lekin 
bu xalqaro amaliyotga zid hol. Chunki bunda yangi qiymat yaratish zanjiri 
paydo bo‘lmaydi. Ya’ni, yangi qiymat yaratgan korxona soliq to‘lash bo‘yicha 
afzalliklardan foydalana olmasligi sababli iloji boricha umumiy daromadnigina 
nazorat qiladi va uni kamaytirib ko‘rsatishga intiladi. Bu hol ham iqtisodiyotning 
o‘sishiga bevosita to‘sqinlik qiladi. 
Yuqoridagi aytilganlarning barchasi va korxonalarni tanlab imtiyoz berish 
amaliyoti kuchayib ketganligi sabab mamlakatimiz soliq tizimini tubdan isloh 
qilishga qaror qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018- yil 29- 
iyundagi farmoni bilan “Soliq siyosatini takomillashtirish” konsepsiyasi qabul 
qilindi. 
Konsepsiyaga muvofiq soliq tizimi tubdan isloh qilindi. Bunda soliq 
yukini yengillashtirish va kichik korxonalarni rag‘batlantirish asosiy maqsad 
qilib qo‘yilgan. Mana shu maqsadda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- soliqlar sonini kamaytirish, ularni soddalashtirish, tushunarli qilish.
- soliq stavkalarining sonini qisqartirish, ularni investitsion qilgan soliq 
to‘lovchilar uchun rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qilish;
- yagona ijtimoiy to‘lovlarning sonini keskin kamaytirish;
- daromad solig‘ini soddalashtirish, stavkalar sonini kamaytirish;
- korxona va tashkilotlarga beriladigan imtiyozlardan voz kechish;
- soliq to‘plash, soliq hisoboti bo‘yicha tizimni soddalashtirish.
1. Soliq islohotlari bilan iqtisodiyotimizning keskin rivojlanishi o‘rtasida qanday 
bog‘liqlik bor?
2. Oilangizdagi kattalardan yangi soliq tizimi ularning soliq to‘lovlariga qanday 
ta’sir o‘tkazganligini bilib oling.
3. Soliq islohotlarining ijobiy natijalari atrofingizdagilardan kimlarga birinchi 
navbatda ta’sir o‘tkazadi?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling