Iqtisodiy bilim asoslari
S O L I Q I S L O H O T L A R I
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19- MAVZU ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
S O L I Q I S L O H O T L A R I
MUSTAQIL FAOLIYAT SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 97 IV bob. Iqtisodiy o‘sish 7 – E. Sariqov, B. Xaydarov Biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz kerak. Shavkat Mirziyoyev http:eduportal.uz 98 Mamlakat iqtisodiyotining natijalari turli xil ko‘rsatkichlar yordamida o‘lchanadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir.Yalpi ichki mahsulot - bu mamlakat rivojlanganlik darajasini ifodalovchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi har qanday mamlakat ichida har yili bir marotaba hisobot yilidan keyingi yilning boshida hisoblab chiqiladi. U iqtisodiyotning qay darajada o‘sayotganligini va rivojlanayotganligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. YaIM hisoblanayotganda ishlab chiqarishning oraliq bosqichida ya- ratilgan xom ashyo, ehtiyot qismlar, urug‘lik, yonilg‘i, energiya, materiallar, transport xizmati, ulgurji savdo xizmati, tijorat va boshqa oraliq mahsulotlar va xizmatlar hisobga olinmaydi. YaIMga pirovard 19- MAVZU ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreya kabi mamlakatlarni, odatda, boy mamlakatlar deb atashadi. Bir qator Afrika mamlakatlarini esa, aksincha, kambag‘al mamlakatlar sifatida tilga oladilar. Sizningcha, mamlakatlar boyligi yoki kambag‘alligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 2. Rasmlardagi tasvirlar bilan mamlakatimiz boyligi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor deb o‘ylaysiz? 3. Mamlakatimizning chet ellarda ishlayotgan fuqarolari o‘z mamlakati boyligiga hissa qo‘shishi mumkinmi? Qanday qilib? 4. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kompaniyalari-chi ? http:eduportal.uz 99 ko‘rinishdagi iste’molga tayyor tovarlar qiymatigina qo‘shiladi. Masalan, traktor g‘ildiragi traktor ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, traktor tarkibiy qismiga aylansa, YaIM ga kiritilmaydi, chunki u pirovard mahsulot bo‘lmay qoladi. Traktor esa YaIM ga kiritiladi, chunki u pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar g‘ildirak YaIM ga kiritilganda edi, uning qiymati ikki marotaba: birinchi safar g‘ildirak sifatida, ikkinchi safar esa traktorning qismi sifatida YaIM ga kiritilgan bo‘lib qolar edi. Shu bois, YaIM hisoblanayotganda faqat pirovard ko‘rinishdagi tovarlar inobatga olinadi. YaIM mamlakat hududida joylashgan, qaysi davlatga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar barcha korxona, firma va aholi tomonidan yaratilgan mahsulotning bozor narxlaridagi qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot, odatda, milliy valutada hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti so‘mda ko‘rsatiladi. Xalqaro miqyosda esa har xil mamlakatning YaIMi dollarga o‘tkaziladi va o‘zaro taqqoslanadi. Jumladan, Jahon banki bazasida dunyoning barcha mamlakatlarining YaIMi bor. Ko‘rsatkichlar har yili yangilanib va chop qilib boriladi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’i nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Agar YaIMdan mazkur mamlakat hududida chet ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa davlatlar hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo‘shsak, mazkur mamlakatning Yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo‘ladi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling