Iqtisodiy bilim asoslari
Formula YaMM = YaIM + E
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy daromad (MD)
Formula
YaMM = YaIM + E - I ; SIM = YaIM - A Bu yerda: E — mamlakat kapitali asosida chet elda yaratilgan tovar va xizmatlar qiymati; I — chet el kapitali asosida mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar qiymati; A — amortizatsiya ajratmasi. Sof ichki mahsulot (SIM) — yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori. AQSH, Yaponiya kabi davlatlarda mamlakatning rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy mikroiqtisodiy ko‘ratkich qilib YaIM emas, balki YaMM qabul qilingan. Lekin Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi bo‘yicha mamlakat rivojlanish darajasini aniqlash uchun YaIM asosiy ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi. Shuning uchun ham aksariyat mamlakatlarda aholi turmush darajasini aniqlash va taqqoslash uchun aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM olinadi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018- yilda O‘zbekistonning YaIMi 407,5 trln so‘mni tashkil qildi. Bu 2017- yildagiga nisbatan 5,17% ga ko‘pdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan http:eduportal.uz 101 1. YaIM, YaMM, SIM, SMM va MD bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 2. Nima sababdan mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymati ham YaIMga qo‘shilavermaydi? 3. Pirovard va oraliq mahsulotlarga 3 tadan misol keltiring. 4. Bir mamlakatning YaMM miqdori 7669 mln AQSH dollarini, chet ellik fuqarolarga to‘langan daromadlar 190 mln AQSH dollarini, boshqa d a v l a t l a r g a q o ‘ y i l g a n s a r m o y a d a n t u s h g a n d a r o m a d l a r e s a — 205 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Bu mamlakatning YaIM miqdorini toping. 5. Mamlakat YaIM ining o‘sishi iqtisodiyotning rivojlanishiga qanday ta’sir etadi? 6. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaIM nimani ifodalaydi? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling