Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy davr
20.2- chizma
Iqtisodiy faollik darajasi Iqtisodiyotning o‘sish tendensiyasi Vaqt Iqtisodiy ko‘rsatkichning nominal qiymati – bu uning joriy narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati. Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati — biror asos qilib olingan yildagi narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati. Iqtisodiy davr — mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga — bir o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan vaqt. Davlatning eng muhim vazifalaridan biri mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlab turishdan iborat. Chunki aholi soni o‘sib, ularning ehtiyojlari kundan — kunga oshib boradi. Demak, borgan sari ko‘proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini yuksaltirishi, ya’ni iqtisodiy o‘sishini ta’minlashi lozim bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish deb, mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o‘sish darajasini bir necha usullarda hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o‘sish — mamlakatdagi real YaIMning o‘sish darajasi bilan o‘lchanadi. Yuqorida ko‘rilgan misolda 2015—2018- yillari YaIM ning real qiymati 1,27 marta oshgan bo‘lib, bu — mamlakatda ko‘rib chiqilayotgan davrda iqtisodiy o‘sish http:eduportal.uz 104 kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba’zida iqtisodiy o‘sish — YaMMning o‘sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YaMM ning (yoki YaIMning) oshish darajasi bilan ham o‘lchanadi. Iqtisodiy o‘sishga ikki xil: ekstensiv va intensiv yo‘llar bilan erishish mumkin. Ekstensiv o‘sishga qo‘shimcha miqdordagi ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan erishiladi. Buning uchun yangi yerlar o‘zlashtiriladi, ko‘plab miqdorda foydali qazilmalar va mehnat resurslari ishlab chiqarishga jalb etiladi. Intensiv o‘sish bor resurslardan samarali foydalanish orqali ta’minlanadi. Unga fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishchilarning bilim va malakalarini oshirish kabi yo‘llar bilan erishiladi. Mamlakatda boy va kambag‘al oilalar bo‘lgani singari, dunyoda ham boy va kambag‘al mamlakatlar bor. Xalqning boy yoki kambag‘alligi unung iqtisodiy o‘sish darajasi, ya’ni aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaMM(YaIM) miqdorining ko‘p yoki kamligiga qarab davlatlar rivojlangan va rivojlanayotgan guruhlarga bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan, sanoat ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan. Rivojlanayotgan davlatlarning o‘zi yana ikkiga — daromadlar darajasi o‘rtacha va past bo‘lgan davlatlarga bo‘linadi. Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xom ashyo eksporti va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. O‘zbekiston daromadlar darajasi o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daromadlar darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflanadigan sarmoya (investitsiyalar)lar juda kam bo‘ladi. Natijada mehnat unumdorligi pastligicha qoladi. Ishlab chiqarish hajmi kamayib, o‘sib borayotgan aholi daromadlari borgan sari kamayaveradi. Mamlakat aholisining turmush darajasi iqtisodiy rivojlanganlik darajasini yaqqolroq ko‘rsatadi. Chunki u nafaqat aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMM(YaIM) qiymati bilan, balki yana qator ko‘rsatkichlar asosida o‘lchanadi. Aholining turmush darajasi kishi boshiga ko‘proq moddiy ne’mat yaratishgagina emas, balki topilgan daromadni qanday va qayerga ishlatilishiga ham bog‘liq. Aytaylik, bir mamlakatda katta miqdorda YaMM(YaIM) yaratilsa, ammo uning ko‘p qismi harbiy maqsadlarga sarflansa, bu mamlakat aholisining turmush darajasida qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin? Turli mamlakatlar aholisining turmush darajasi o‘zaro qator iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar yordamida taqqoslanadi. Har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining http:eduportal.uz 105 “Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi ma’ruza” sida bu ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berib boriladi. Aholining turmush darajasini taqqoslashda, asosan, quyidagilar hisobga olinadi: 1) aholining savodxonlik darajasi; 2) ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi; 3) aholining sog‘lomlik darajasi: 4) umr ko‘rish davomiyligi; 5) shahar aholisining soni; 6) uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi; 7) oilalarning madaniy-maishiy tovarlar: televizor, telefon, shaxsiy kompyuter, internet tarmog‘i, muzlatkich kabi tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasi; 8) ta’limga ajratilayotgan xarajatlar miqdori; 9) inson huquqlarining kafolatlanganlik darajasi; 10) jinoyatchilik darajasi; 11) sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar miqdori; 12) atrof- muhitning himoyalanganligi va boshqalar. Dunyoda aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Kanada, Fransiya, Norvegiya, AQSH, Islandiya, Finlandiya, Niderlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya kabi davlatlar egallab kelmoqda. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling