113
V bob. Inflatsiya va ishsizlik
Aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalar-
ning daromadini oshirish lozim.
Shavkat Mirziyoyev
8 – E. Sariqov, B. Xaydarov
I n f l a t s i y a n i j i l o v l a m a s d a n t u r i b , m a k r o i q t i s o d i y
barqarorlikka erishish mumkin emas.
Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz
114
Ma’lumki, har bir davlat hududida ma’lum
miqdordagi pul muomalada
bo‘lib, oldi-sotdi jarayonlari uning vositasida amalga oshiriladi. Shu
sabab, muomaladagi pullar qo‘ldan qo‘lga o‘tib, to‘xtovsiz aylanib turadi.
Pulning biror oldi-sotdi jarayonida qatnashib, qo‘ldan qo‘lga o‘tishi,
uning
bir marta aylanganligini bildiradi. Muomaladagi pul miqdorining bir yil
davomida necha marta oldi-sotdi jarayonlarida
qatnashganiga qarab, uning
aylanish tezligi aniqlanadi. Agar muomaladagi
pul miqdori uning aylanish
tezligiga ko‘paytirilsa, yil davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan va aholi
tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarning qiymati hosil qilinadi.
Ikkinchi
tomondan, yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar
qiymatini tovar va xizmatlar miqdorini birlik mahsulotning o‘rtacha
narxiga ko‘paytirib ham aniqlash mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlarga
22- MAVZU
INFLATSIYA VA UNING TURLARI
Sa’dullayevlar oilasining o‘rtacha bir oylik xarajatlari:
Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari — 280 000 so‘m
Uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik mollari — 150 000 so‘m
Oziq-ovqat
— 1 200 000 so‘m
Do'stlaringiz bilan baham: