Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 115
Kiyim-kechak
— 950 000 so‘m Madaniy mollar va xizmatlar — 100 000 so‘m Maishiy va boshqa xarajatlar — 350 000 so‘m Jami oylik chiqim — ... so‘m 1. Sa’dullayevlar oilasining bir oylik xarajatlari jadvali asosida oylik jami chiqim miqdorini hisoblang. 2. Agar oziq-ovqatlar narxi 20% ga oshsa, Sa’dullayevlar oilasining oylik xarajatlari miqdori necha so‘mga va necha foizga ko‘payadi? 3. Agar oilaning daromadlari miqdori o‘zgarmagan bo‘lsa, sizning fikringizcha, keyingi oydan bu oilaning qaysi xarajatlari ko‘payadi, qaysilari esa kamayadi? 4. Bu holda, sizning fikringizcha, xarajatlar tarkibi qanday o‘zgarishi mumkin? FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 115 asosan, M ⋅V=P ⋅Q ko‘rinishdagi Fisher tenglamasi deb nomlangan tenglamani hosil qilamiz. Bu yerda, M — muomaladagi pul massasi, V — pulning aylanish tezligi, P — birlik tovarning o‘rtacha narxi, Q — tovar va xizmatlar miqdori. Fisher tenglamasi har qanday davlat iqtisodiyoti uchun o‘rinli bo‘lib, pul muomalasi qonuni deb ham ataladi. Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko‘payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko‘ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni tiklash uchun yoki tovar va xizmatlar hajmini ko‘paytirish yoki tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxini oshirish kerak bo‘ladi. Lekin tovar va xizmatlar hajmini bir zumda oshirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun, muomaladagi pul miqdorining o‘sishi, odatda, narxlarning oshishiga olib keladi. Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borish jarayoniga inflatsiya deb ataladi. Inflatsiya, o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorining kamayishiga aytiladi. Pulning qadri tovarlar narxining arzon yoki qimmatlashishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar narxlar qimmatlashsa, ma’lum miqdordagi pulga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa pulning qadrsizlanganligidan dalolat beradi. Aksincha, agar bozordagi narxlar arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga ko‘proq tovar sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu pul qadrining oshganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil pasayib borish jarayoniga deflatsiya deyiladi. Inflatsiya makroiqtisodiy jarayon bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va deyarli barcha tovar va xizmatlar narxlarining oshishiga olib keladi. Irving Fisher o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini iqtisodiyot fanining tovar-pul munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha nazariy izlanishlar olib borishga bag‘ishladi. Uning ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli olib borishida matematika bo‘yicha chuqur ma’lumoti qo‘l keldi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling