116
Inflatsiya kelib chiqishining ikkita asosiy sababini keltirish mumkin:
1. Muomalada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar
qiymatidan ko‘proq miqdordagi pulning mavjudligi oqibatida. Bu holda
tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab miqdori
taklif etilayotgan tovar
va xizmatlar miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Shu bois narxlar oshadi.
2. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar (ishchi kuchi
va xom ashyo) narxlarining oshishi natijasida. Masalan, ishchi kuchi
resurslarining narxi, ya’ni
ish haqi oshirilsa, bir tomondan tovarning
narxi oshadi (chunki, ish haqi tovarning tannarxiga kiradi), ikkinchi
tomondan esa aholi qo‘lidagi pul massasi oshadi.
Inflatsiyani jilovlab turish juda mushkul ish. Bu ish davlatning eng
asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Inflatsiyani nazoratdan
chiqarib
yuborish, uning o‘sib giperinflatsiyaga aylanishiga olib kelishi
mumkin.
Giperinflatsiya deb, narx-navoning haddan tashqari oshishiga
aytiladi. Giperinflatsiya paytida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘proq
ko‘tarilishi kuzatiladi.
Inflatsiya
– mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning
muttasil oshib
borishi.
Inflatsiya darajasi
– ma’lum davrdagi narx-navo oshishining
foizlardagi miqdori.
Yuqoridagi formuladan foydalanib har bir oila o‘z “oilaviy”
inflatsiyasini hisoblab chiqarishi mumkin.
Buning uchun oila
Giperinflatsiya
– mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan
tashqari (yiliga 50 baravardan ham ko‘p) oshgandagi holat.
Inflatsiya haqida gapirilganda iste’mol bozoridagi narxlarning
o‘zgarishini aniqlash uchun zarur bo‘lgan iste’mol
narxlari indeksi tu-
shunchasini kiritishimiz lozim bo‘ladi. Bu indeksni hisoblash uchun
o‘rtacha iste’molchi odatda doimo sotib oladigan tovarlarning muayyan,
o‘zgarmas to‘plami olinadi. Bu indeksni hisoblashda
mana shu tovarlar
to‘plamining har xil yillardagi narxlari yig‘indilari solishtiriladi. Masalan,
2017 – 2018- yillar bo‘yicha iste’mol narxlari indeksini aniqlash uchun
tovar va xizmatlarning muayyan o‘zgarmas to‘plamining 2018- yildagi
qiymatini 2017- yildagi qiymatiga bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: