Iqtisodiy bilim asoslari
Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish.
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Bilasizmi
1. Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish. Muomaladagi
pul massasi uning aylanish tezligiga va ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatiga asta-sekin moslashtirib boriladi. Aholini mablag‘larini banklarga qo‘yishga yoki davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga undaydilar. Bankdagi aholi omonatlari ma’lum muddatga “muzlatiladi”. Pul massasining kamayishi talabning kamayishiga, narxlarning o‘sishdan to‘xtab, pasayishiga olib keladi. 2. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Davlat pul massasini kamay- tirish bilan birga ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo‘llab- quvvatlaydi. Ularga imtiyozli kreditlar beradi, soliq imtiyozlarini joriy qiladi. Natijada tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi oshib, muomaladagi pullar tovar bilan ta’minlanadi. Tovarlar taklifining oshishi narxning pasayishiga olib keladi. 1. Inflatsiyaning salbiy oqibatlarini ayting va sharhlang. 2. Davlat inflatsiyaga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rishi lozim? 3. Inflatsiya paytida o‘z mablag‘laringizni saqlab qolish maqsadida qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? Bu davlatning chora-tadbirlariga mos keladimi? BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Bilasizmi? XV asr buyuk geografik kashfiyotlar asri bo‘lib, Ispaniya davlatining xazinasi Amerika qit’asidan olib kelingan oltin va kumushga to‘lib bordi. Shunday bo‘lsa-da, Ispaniyada bir necha asrlardan beri o‘zgarmasdan kelayotgan narxlar keskin osha boshladi. Ispaniyada ishlab chiqarilgan tovarlar narxining oshib ketishi ularning Yevropa bozorlaridan quvilishiga olib keldi. Natijada Ispaniya iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutib, bir muddat Yevropaning qoloq davlatlaridan biriga aylandi. http:eduportal.uz 121 Asqar Bobonazarov 5 000 000 so‘m mablag‘ini 24% yillik foiz stavkasi bilan bankka qo‘ydi. Nilufar Ergasheva 5 000 000 so‘m mablag‘iga qimmatbaho zeb- ziynat sotib oldi. Oxunjon Soliyev 5 000 000 so‘m mablag‘iga g‘isht zavodining oddiy aksiyalarini sotib oldi. Egamberdi Esonov 5 000 000 so‘m mablag‘iga qadri barqaror bo‘lgan xorijiy davlat valutasini sotib oldi. 1. Diagrammadan mamlakatda 2002- yildagi inflatsiya darajasini aniqlang. 2. Bu davrda yuqorida atalgan fuqarolarning har biriga inflatsiya qanday ta’sir qilgan bo‘lar edi? 2018- yilda-chi? 3. Ulardan qaysi biri inflatsiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan bo‘lar edi? 4. Ulardan qaysi birining tutgan yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz? 5. Umuman olganda, yuqori darajadagi inflatsiya sharoitida qanday yo‘l tutgan ma’qul? O‘z tavsiyalaringiz ro‘yxatini tuzing va sharhlang. 6. Respublikamizda so‘nggi yillardagi inflatsiya darajalarini sharhlang. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling