Iqtisodiy bilim asoslari
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan sotib olinishini bildiradi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shunchaki emas, balki shu ishchi kuchi yordamida ishlab chiqariladigan tovarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan o‘lchanadi. Bunday mehnat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. Buni grafikda ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi S chiziqni hosil qilamiz. Bu grafik ishchi kuchining taklif chizig‘i deb http:eduportal.uz 123 ISHSIZLIK Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif p S D q Oylik ish haqi Ishchilar soni 3000 850 000 3500 2500 900 000 24.1- chizma. ataladi. Ikkinchi tomondan, ishchi kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, korxonalar shuncha ko‘p ishchi yollashadi va aksincha, ishchi kuchining narxi qancha qimmat bo‘lsa, korxonalar shuncha kam ishchini ishga yollashadi. Buni ham grafik yordamida ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi ishchi kuchiga bo‘lgan talab chizig‘i deb ataladigan D chiziqni hosil qilamiz. Boshqa tovarlar kabi, ishchi kuchining bozor narxi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi narxi uning bozor narxini belgilaydi. 24.1- chizmada tasvirlangan ishchi kuchining narxi 850 000 so‘mni, bunday oylik ish haqiga rozi bo‘lgan ishchilar soni 3 000 kishini tashkil qiladi. Nima sababdan to‘qimachilik kombinatining menejeri oddiy ishchiga nisbatan ko‘p maosh olishini asoslashga urinib ko‘raylik. Ishchi va xizmatchilar maoshining ko‘p yoki kam bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 1. Ish kishidan qanchalik ko‘p maxsus bilim, malaka va tayyorgarlikni talab qilsa, u shunchalik qimmat turadi. Haqiqatan, katta o‘quv va malaka talab qilmaydigan, oddiy ishlarni bajara oladigan ishchilar juda ko‘p. Maxsus bilim va alohida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan tajribali menejerlar esa kam. Shu bois, oddiy ishchilar ishchi kuchining taklifi — S 2 , menejer xodimlar ishchi kuchi taklifi — S 1 dan ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, menejerlar ish haqi — p 1 , oddiy ishchilar ish haqi — p 2 dan ko‘p bo‘lishini 24.2- chizmadan aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. 2. Ishning evaziga yaratilgan tovar sotilgach, ish beruvchiga qanchalik ko‘p foyda olib kelsa, ishchi kuchi shuncha yuqori baholanadi. 3. Ish qanchalik og‘ir va qiyin bo‘lsa, shuncha qimmat bo‘ladi. Masalan, ko‘mir koni ishchisi oddiy ishchilardan ko‘proq maosh oladi. 4. Ish qanchalik xavfli, sog‘liqqa ziyon yetkazadigan yoki tavakkalchi- likni talab qiladigan bo‘lsa, shuncha qimmat baholanadi. Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi. Bu omillardan biri mehnat bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Masalan, bir 24.2- chizma. p S 2 D q Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling