124
Mashq
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga talab va taklif quyidagi jadvalda berilgan:
Ishchi kuchining bozor narxini toping.
Ish haqi
1 300 000 so‘m
1 600 000 so‘m
1 900 000 so‘m
Ishchi kuchi taklif miqdori
Ishchi kuchiga talab miqdori
300
200
100
100
200
300
tovarni ishlab chiqarishga qaraganda boshqasini
ishlab chiqarish foydali
bo‘lib qoldi. Ishchi kuchi bozorida ham shunga mos ravishda,
birinchi
sohada ishchilarni yollash qisqarib, ikkinchi sohada ishchilarga bo‘lgan
talab oshadi. Ishchilar bir ishdan bo‘shab,
ikkinchi ishga kirishlari
lozim bo‘lib qoladi. Toki ular boshqa soha bo‘yicha tovar ishlab
chiqarish malakasini egallab, unga
moslashib olgunlariga qadar, ya’ni
ishchi kuchining taklifi yangi talabga moslashguncha,
mehnat bozorida
muvozanat buziladi. Kishilar ishlashni xohlasalar-da, o‘zlariga
yarasha
ishni topa olmay qolishadi. Natijada ishsizlar paydo bo‘ladi.
Ishsizlik kelib chiqish sabablariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Friksion ishsizlik. Bu ishsizlik kishilarning bir ishdan bo‘shab,
ikkinchi ishga joylashishi oralig‘ida yuzaga keladi. Shuningdek,
bunday
ishsizlik yoshlarning balog‘at yoshiga yetib yoki o‘quv yurtlarini bitirib,
birinchi marta ish qidirayotgan paytida ham kelib chiqishi mumkin.
2. Mavsumiy ishsizlik. Mavsumiy ishlarning
tugashi natijasida kelib
chiquvchi ishsizlik mavsumiy ishsizlik deb ataladi. Masalan, qish oylarida
qishloq xo‘jalik ishlari to‘xtab, qishloqlarda ko‘pchilik ishsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: