Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ishsizlik turlaridan eng zararlisi bu – davriy ishsizlikdir. Bunday ishsizlik nafaqat alohida shaxs, balki butun mamlakat iqtisodiyotiga, butun jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda davriy ishsizlikning paydo bo‘lishi iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarining boshida mamlakatimizda vujudga kelgan vaziyat bunga misol bo‘la oladi. Sobiq ittifoqdan qolgan qoloq agrar iqtisodiyot, oldingi iqtisodiy aloqalarning uzilib qolishi, ishlab chiqarish hajmining http:eduportal.uz 127 keskin kamayib ketishi, respublikamiz iqtisodiyotining yangi bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi. Davriy ishsizlik paytida ko‘plab zavod va fabrikalar ishlashdan to‘xtaydi. Minglab odamlar qishloqdan shaharga ish qidirib boradilar. Narx-navoning oshishi, yashash sharoitlarining og‘irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan yurgan uy bekalari, nafaqaxo‘rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada, ishchi kuchi bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi. Shu bois bunday ishsizlikning oldini olish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ishchi kuchi bozoridagi muvozanatni saqlab turish davlatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi resurslarining asosiy manbasi bo‘lgan aholini ishsizlik balosidan himoya qilish bo‘yicha muttasil ish olib boriladi. Bu ish bilan mehnat birjalari shug‘ullanadi. Mehnat birjasi ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkilotidir. Mehnat birjasi ishsizlarni ro‘yxatga oladi, korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlaydi va ish qidirib yurgan kishilarni bu korxonalarga ishga yollaydi. Mehnat birjasiga murojaat qilgan ishsizga, kasbi bo‘yicha ish topilmasa, “ishsiz” degan maqom beriladi va ma’lum vaqtgacha ishsizlik nafaqasi bilan ta’minlab turiladi. Ba’zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida oylik maosh miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarida nizolar kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi. Kasaba uyushmalari nodavlat, jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qiladi. Kasaba uyushmalarining maqsadlari quyidagilardan iborat: 1. Kasaba uyushmalari a’zolarining iqtisodiy, ijtimoiy, kasbiy maishiy talablarini himoya qilish. Ularning turmush daraja ko‘rsatkichlarini oshirish uchun kurashish. 2. Kasaba uyushmalari a’zolari nomidan boshqaruv organlari oldida vakillik funksiyalarini amalga oshirish. 3. Kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan ishchilarning hayot sifati mezonlarini sezilarli ko‘tarishga intilish. Bu maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushmalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: 1. Munosib va haqqoniy ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni ta’minlashga intilish. 2. Ishchi va xizmatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling