Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Davriy ishsizlik
3. Tarkibiy ishsizlik. Bu ishsizlik mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy
o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Mamlakat iqtisodiyotidagi eski sohalar qisqarib, o‘rniga yangi sohalarning paydo bo‘lishi, yangi iqtisodiy hududlarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, yangi kasb egalariga, yangi malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarga talabni keltirib chiqaradi. Mehnatga layoqatli aholi yangi talabga moslashguncha tarkibiy ishsizlik paydo bo‘ladi. 4. Davriy ishsizlik. Mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq ishsizlik davriy ishsizlik deb ataladi. Davriy ishsizlik mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari inqirozga yuz tutgan davrda sodir bo‘ladi. Bu paytda iqtisodiy faollik sustlashadi, yalpi talab kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining keskin oshishiga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyoti jonlangan davrda esa ishchi kuchiga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining pasayishiga http:eduportal.uz 125 Formula Ishsizlik darajasi Ishchi kuchi soni = Ishsizlar soni ⋅100 % olib keladi va hokazo. Bunday ko‘rinishdagi ishsizlik davriy ravishda goh o‘sib, goh pasayib turadi. Davriy ishsizlik jamiyat uchun juda og‘ir kechadi. Davriy ishsizlikning uzoq vaqt davom etishi butun iqtisodiyotni izdan chiqarishi, oqibatlari esa butun jamiyatni larzaga solishi mumkin. Ishsizlik mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni xohlovchi va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. Mehnatga layoqatli aholi deganda 16 yoshdan katta (respublikamizda 16 yoshdan boshlab mehnat qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) va mehnat qilishga qodir kishilar tushuniladi. Mamlakatning barcha mehnatga layoqatli aholisi uning ishchi kuchi resurslarini tashkil qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z xohishi bilan ishlamayotgan va ish qidirmayotganlar, uy bekalari kabilar chi- qarib tashlansa, mamlakatning ishchi kuchi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mamlakatning ishchi kuchi — ish bilan band va ish bilan band bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi ishsizlar sonining mamlakat ishchi kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori bilan o‘lchanadi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling