Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy ishsizlik darajasi
128
Mashq Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 5 foizni, umumiy ishsizlik darajasi esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik mamlakatning 1 million aholisini qamrab olgani ma’lum bo‘lsa, qancha ishsiz borligini aniqlang. Tabiiy ishsizlik darajasi – mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi. To‘la bandlik – mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi bandlik. turli darajadagi muzokaralarda qatnashish. 3. Mehnatkashlarning ta’lim va tibbiy xizmat olish kafolatlarini ta’minlashga harakat qilish. 4. Ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, farmon, qaror va boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 5. Kasaba uyushmalari a’zolarini noqonuniy ishdan bo‘shatilishidan himoya qilish. 6. Fuqarolarning ish bilan ta’minlanganligi bo‘yicha kuzatuv olib borish. 7. Ishdan bo‘shaganlar bo‘yicha barcha shartnomaviy kafolatlarga amal qilinishini ta’minlash. 8. Mehnatkashlarning ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablari ustidan nazorat o‘rnatish. Har qanday davlatda ishsizlik muammosi mavjud bo‘lib, undan butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Mamlakatda friksion va tarkibiy ishsizlik turlarining bo‘lishi iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi va jamiyat uchun qaysidir ma’noda tabiiy holat hisoblanadi. Mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik mavjud bo‘lgan holat to‘la bandlik deb ataladi. Bu holatdagi ishsizlik darajasi esa tabiiy ishsizlik darajasi deb yuritiladi. Bir hisobda, mamlakatda tabiiy ishsizlikning bo‘lgani ma’qul. Chunki bunday ishsizlarning bo‘lishi ish bilan band aholini yaxshiroq ishlashga undaydi. Ishsizlarni bekor yurmasdan, malakalarini oshirib, tezroq ish topishga majbur qiladi. Mamlakatdagi tabiiy ishsizlik darajasining 4—5 foiz bo‘lishi me’yoriy holat hisoblanadi. Davlat ishchi kuchi bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi: — mamlakatda qancha ish o‘rinlari bor, qancha odam ish bilan band, http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling