126
KASABA
UYUSHMALARI
YOLLANMA
ISHCHILARNING
DAVOLARI
Korxonada ishlab chiqarish
sharoitlarini yaxshilash,
mehnat xavfsizligini ta’-
minlash,
oylik maoshlar
miqdorini oshirish, kunlik
ish vaqtini
qisqartirish
kerak. Ishchilarni ishdan
bo‘shatmaslik lozim.
ISH
BERUVCHILARNING
DAVOLARI
Korxona tovarlari bozorda
yaxshi sotilmay qoldi.
Tovar
ishlab chiqarish borgan sari
qimmatlashib boryapti. Ish
haqi oshirilsa,
tovar ishlab
chiqarish yanada qimmat-
lashadi. Shunga ko‘ra, kam
ishchi kuchi talab qiladigan
yangi texnologiya sotib olib,
ishchilarning bir qismini
ishdan bo‘shatish lozim.
DAVLAT
25- MAVZU
IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI
Yuqoridagi chizmada ish beruvchi korxona, firmalar bilan ularda
yollanib ishlayotgan ishchilar o‘rtasidagi nizo tasvirlangan.
1. Siz ish beruvchi sifatida qanday qilib nizoni hal qilgan bo‘lar edingiz?
2. Siz ishga yollanuvchi sifatida o‘z manfaatlaringizni
qanday himoya
qilgan bo‘lar edingiz?
3. Siz davlat vakili sifatida bu nizoni qanday hal qilgan bo‘lar edingiz?
4. Kasaba uyushmalari haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: