Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Buni yodda tuting!
• Mamlakatda muomaladagi pul miqdori tovar va xizmatlar hajmiga mutanosib ravishda o‘zgarib turadi. • Muomaladagi pul miqdori ko‘payib, narxlar oshishi inflatsiyaga olib keladi. • Inflatsiya natijasida pul qadrsizlanadi. http:eduportal.uz 118 INFLATSIYA OQIBATLARI 23- MAVZU Inflatsiya yildan-yilga o‘zgarib boruvchi hodisadir. Shuning uchun ham inflatsiya darajasi tushunchasini bilish juda muhim. Bu ko‘rsatkich asosiy tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish tezligini namoyon qiladi. Inflatsiya darajasini iste’mol narxlari indekslari orqali hisoblab chiqarish mumkin. Ya’ni, inflatsiya darajasi = Bu formuladagi NI 0 – birinchi yildagi iste’mol narxlari indeksi, NI 1 – keyingi yildagi iste’mol narxlari indeksi. Aynan mana shu formula orqali iqtisodiyot qanday holatda ekanligini bilib olish mumkin. Yuqori darajali inflatsiya iqtisodiyot uchun juda noxush hodisa bo‘lib, u mamlakatning barcha fuqarolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu davrda davlat budjetidan maosh oluvchi xizmatchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Inflatsiya rasmdagi odamlarning turmush darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2. Pulning qadrsizlanishiga hayotdan misol keltiring. 3. Davlatimiz tomonidan shifokorlar va o‘qituvchilarning maoshlari oshirilishi bilan inflatsiya orasida qanday bog‘liqlik bor? NI 1 -NI 0 NI 0 http:eduportal.uz 119 Bilasizmi? Birinchi jahon urushidan keyin, 1923- yili Germaniyada narxlar 1,3 trillion marta oshib, giperinflatsiya kuzatilgan. 1985- yili Boliviyada inflatsiya darajasi 8000% ga yetgan. 1993- yili Braziliyada inflatsiya darajasi 2148% ni tashkil qilgan. 1990- yillar boshida esa sobiq sovet ittifoq respublikalarining barchasida inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan. harbiylar, nafaqa oluvchilar, shuningdek, mablag‘larini jamg‘arayotgan fuqarolar ko‘proq zarar ko‘radi. Chunki yillar davomida ular yiqqan pul mablag‘lari tezda qadrsizlanib qoladi. Shu bois odamlar banklardan omonatlarini olib, do‘kondan tovarlar sotib ola boshlashadi. Natijada tovar tanqisligi vujudga kelishi mumkin. Inflatsiya darajasini hisobga olmasdan, pulini birovga qarzga bergan kishilar ham inflatsiyadan ziyon ko‘rishadi. O‘sish sur’atlariga qarab inflatsiyaning quyidagi darajalarini farqlaydi- lar: sudraluvchi, yuguruvchi va giperinflatsiya. Sudraluvchi (mo‘tadil) inflatsiyada narxlarning o‘sishi 10 % dan oshmaydi. Bunday inflatsiyani iqtisodchi olimlar, odatda, iqtisodiyotdagi me’yoriy holat deb qaraydilar. Yuguruvchi inflatsiyada narxlar 10%dan 50%gacha oshadi. Bu iqtisodiyot uchun xavfli holatdir. Bunday holatda davlat tomonidan inflatsiyaga qarshi tezkor va keskin choralar ko‘rish talab qilinadi. Giperinflatsiya davrida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘pga oshadi. Bu ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish sur’atlari pasayadi. Tuzilgan bitimlar o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki shartnomadagi narxlar tomonlarni qanoatlantirmay qo‘yadi. Omonatchilarning o‘z pul mablag‘larini banklardan shoshilinch talab qilishi va olishi natijasida banklar bankrotlik holatiga tusha boshlaydi. Pul mablag‘lari bor banklar ham qarzga pul berishdan cho‘chib qoladi. Bunday inflatsiya paytida ishlab chiqarilgan tovarni sotish ham befoyda bo‘lib qoladi. Chunki xom ashyo va resurslar narxining kun sayin oshishi tufayli tovarni sotishdan tushgan pulga yana shuncha tovar ishlab chiqarish amri mahol bo‘lib qoladi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmay qo‘yishadi. Ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari yopiladi. Ishsizlar ko‘payadi. Tadbirkorlar faqat qisqa muddatli savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi. Chunki bu paytda pulni qadrsizlanib ulgurmasdan sarflash kerak bo‘ladi. Giperinflatsiya davrida davlatning bir maromda kechayotgan iqtisodiy siyosati izdan chiqadi. Davlat budjetining kamomadi keskin oshib ketadi. Davlat o‘z zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni bajarishga mablag‘ topa olmay http:eduportal.uz 120 qoladi. Mamlakatda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tanglik vujudga keladi. Giperinflatsiya natijasida mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari zarar ko‘radi. Bugungi kunlardagi giperinflatsiyaga Venesuela mamlakatidagi ahvol yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mamlakatda 2018- yilda, Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra inflatsiya darajasi 1 370 000% ni tashkil qilgan. YaIM 15% ga qisqargan, 3 milliondan ortiq aholi giperinflatsiyadan qiynalib mamlakatni tark etgan. Inflatsiyaning oldini olishga qaratilgan choralar davlatning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlatning inflatsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling