Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Formula
YaIM real va nominal qiymatlari orasidagi bog‘lanish– narxlarning oshish indeksi YaIM r — real qiymat; YaIM n — nominal qiymat; YaIMn YaIMr = I 20.1- chizma Yil davomida o‘sish sur’ati, % hisobida Iqtisodiy faollik darajasi Cho‘qqi o‘sish o‘sish pasayish pasayish M N Eng pastki nuqta Vaqt M 1 N 1 Aytaylik, 2015—2018- yillarda mamlakatdagi narx-navo 1,5 baravarga oshgan, ya’ni bu davrdagi narxlarning oshish indeksi 1,5 ga teng bo‘lib, 2015- yildagi YaIMning nominal qiymati — 19,35 trln shartli pul birligi (shpb), 2018- yildagi YaIMning nominal qiymati esa 36,84 trln shpbni tashkil qilgan bo‘lsin. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash uchun ularni bir xil narxlarda hisoblash lozim bo‘ladi. Buning uchun 2015- yildagi narxlar asos qilib olinadi. Bu narxlarda 2015- yilgi YaIM qiymati berilgan. Endi 2018- yildagi YaIMni 2015- yildagi narxlarda hisoblaymiz. Buning uchun 2018- yildagi YaIMning nominal qiymatini narxlarning oshish indeksiga bo‘lsak kifoya. Hosil bo‘lgan qiymat — 24,56 trln shpb 2018- yilgi YaIMning 2015- yilga nisbatan real qiymatidan iborat bo‘ladi. Shundan so‘ng, 2015- yilgi YaIM nominal qiymati va 2018- yilgi real 20- MAVZU qiymati o‘zaro taqqoslanadi va 2018- yilda 2015- yilga nisbatan YaIM qiymati 24,56 : 19,35 = 1,27 baravar oshgan degan xulosaga kelinadi. Umuman olganda, joriy yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichning biror yilga nisbatan real qiymatini topish uchun uning nominal qiymati bu davrdagi narxlarning umumiy o‘sish indeksiga bo‘linadi. Bozor iqtisodiyotining ikki asrlik tarixi unga to‘lqinsimon rivojlanish xos ekanligini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, bozor iqtisodiyoti hukm surgan davlatlardagi iqtisodiy faollik ma’lum davrlarda o‘sib, so‘ng esa pasayib, davriy ravishda tebranib turar ekan. Mamlakat iqtisodiyotining bir marta http:eduportal.uz 103 tebranishiga — bir marta o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan vaqt iqtisodiy davr deb ataladi. 20.1- chizmadagi iqtisodiy davrni olib qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy pasayish oraliqlaridan iborat bo‘lib, M nuqta bu davrdagi iqtisodiy faollikning eng yuqori nuqtasi (cho‘qqisi), N nuqta esa eng quyi nuqtasidan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Agar iqtisodiy rivojlanishning kattaroq davrini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, 20.2- chizmada tasvirlangan holatni ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, bu holatda iqtisodiy faollik tebranib tursa-da, umuman olganda, iqtisodiyotda ko‘tarilish — o‘sish kuzatilayapti. Iqtisodiyotda kamida olti oy davomida real YaIMning kamayishi kuzatilsa, bu iqtisodiy pasayishdan dalolat beradi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling