Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Soliqqa tortiluvchi
daromad Jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari Eng kam ish haqi miqdorigacha bo‘lgan 2018- yil 2019- yil Eng kam ish haqining 5 karrasigacha bo‘lgan Eng kam ish haqining 10 karrasigacha bo‘lgan Eng kam ish haqining 10 karrasidan ortiq Dividеndlar va omonat foizlari ko‘rinishidagi daromadlardan 0% 7,5% 16,5% 22,5% 10% 12% 5% Jismoniy shaxslar aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlardan oladigan dividendlaridan, omonat foizlaridan 2019- yilgacha 10 foizli stavkadan undirilib kеlingan bo‘lsa, 2019- yildan bu stavka 5% ga tushirildi. Ya’ni soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirildi. Mahalliy hokimiyat tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma – patent asosida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorlikdan olgan daromadlaridan qat’iy belgilangan soliq to‘laydilar. Ya’ni bu fuqaro- lar tadbirkorlik faoliyatidan qancha daromad olishlaridan qat’i nazar, ulardan belgilangan miqdorda daromad solig‘i undiriladi. Lеkin 2019- yildan, ya’ni yangi soliq islohotlaridan kеyin mutasaddi organ- larga xususiy tadbirkorlar tomonidan qat’iy bеlgilangan stavka bo‘yicha soliqqa tortiluvchi faoliyat turlarini qayta ko‘rib chiqish va ularning sonini kamaytirish topshirildi. Daromad solig‘i to‘lovchilari, daromad solig‘i stavkalari va uni hisob- lash bilan bog‘liq tartib va qoidalar Soliq kodeksida o‘z aksini topadi. http:eduportal.uz 80 Aynan shu maqsadda soliq islohotlari bilan bir vaqtda amaldagi Soliq kodеksiga ham zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i stavkalarining 2018- yilgi va 2019- yilgi stavkalarini 81- betdagi jadval bo‘yicha solishtirib ko‘rish mumkin. Ish haqidan olinadigan soliqlarni va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni kor- xona hisobchisi hisoblaydi. Hisoblangan soliqlar ish haqidan chegirib davlat budjetiga o‘tkaziladi. Shunday bo‘lsa-da, daromaddan undiriladi- gan soliqni hisoblay olish har bir fuqaro uchun muhimdir. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling