Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

77
III bob. Soliq turlari
 
D A V L A T 
BUDJETI
Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida 
to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz


78
15-MAVZU
DAROMAD SOLIG‘I
Har bir fuqaro o‘z daromadlaridan soliq to‘lashi shart. Soliq to‘lovlari 
davlat budjetiga kelib tushadi va soliq to‘lovchilarga ta’lim, tibbiy xizmat, 
mudofaa, jamoat tartibini saqlash, nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa 
davlat korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va yordam pullari 
ko‘rinishida qaytib keladi. Shu bois soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har bir 
fuqaro uchun ham qarz, ham farz.
Daromad solig‘i to‘g‘ri soliqlar sirasiga kiradi. Daromad solig‘i jis-
moniy shaxslarning jami yillik daromadidan olinadi. Demak, jismoniy 
shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish obyekti hisoblanadi. 
Ma’lumki, har bir kishining yillik daromadi: ish haqi, mukofotlar, mulk 
ijarasidan olingan daromad, bankka qo‘yilgan omonatdan kelgan foizlar, 
aksiyadan olingan dividendlar va tadbirkorlik faoliyatidan olingan da-
romadlardan tashkil topishi mumkin. 
2019- yilgacha jismoniy shaxslar daromadiga 4 pog‘onali soliq solinar 
edi. Bunda daromadining 22,5% gacha qismi soliq sifatida undirilar edi. 
1. Rasmlardagi fuqarolarning daromad manbalarini ayting.
2. Bu fuqarolar o‘z daromadlaridan davlatga soliq to‘lashlari kerakmi?
3. Daromad solig‘i o‘z to‘lovchilariga qanday ko‘rinishlarda qaytib keladi?
4. “Kim ko‘p daromad qilsa, o‘sha ko‘proq soliq to‘lashi lozim”, degan 
fikrga o‘z munosabatingizni bildiring.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
3
2
1
5
4
6
http:eduportal.uz


79
2019- yildan boshlab ish haqi fondiga soliq yukini pasaytirish va jismoniy 
shaxslarning daromadlari bo‘yicha daromad solig‘ini hisoblashni sod-
dalashtirish maqsadida 12% lik yagona stavka bеlgilandi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling