Iqtisodiy bilim asoslari


• bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik jamoalari uchun umumiy  foydalanishga berilgan yerlar; •


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik jamoalari uchun umumiy 
foydalanishga berilgan yerlar;
tabiatni muhofazalashga mo‘ljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar;
suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar 
va shu kabi umumfoydalanadigan yerlar). 
Quyidagi yer maydonlari soliq obyektlari hisoblanadi: 
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilishga berilgan yer maydonlari;
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umr-
bod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun 
berilgan yer uchastkalari;
xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy 
va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydala-
nish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchast-
kalari;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki 
ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar 
yer solig‘i subyektlari hisoblanadilar.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer maydonlari yer solig‘i obyekti 
bo‘lib hisoblanadi:
qonunda belgilangan tartib bo‘yicha o‘z mulki qilib olingan yer may-
donlari;
o‘rmon xo‘jaligi uchun egalik qilishga berilgan yerlar;
korxonalarga, imoratlar, inshootlar qurishga yoki boshqa maqsadlar 
(qishloq xo‘jaligi maqsadlaridan tashqari) uchun foydalanishga beril-
gan yerlar.
http:eduportal.uz


89
Bilasizmi?
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy 
shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorda undiriladi.
1. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan qanday yer uchastkalari yer 
solig‘iga tortiladi? 
2. Qanday jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi?
3. Yer solig‘i stavkalari kim tomonidan belgilanadi?
4. Yer solig‘i to‘lovchilar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
5. Qanday yuridik shaxslar yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘ladi? 
6. Yer solig‘i nima uchun kerak? Javobingizni asoslang.
7. Yer solig‘i qanday soliq va yig‘imlar turiga mansub?
8. Yer solig‘i subyektlari deb qanday yuridik va jismoniy shaxslarni 
aytamiz?
9. Yer solig‘i obyektlari deganda qanday yer maydonlari nazarda tutiladi?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling