68
14- MAVZU
DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini
ma’muriy yo‘l
bilan emas, balki bozor mexanizmi orqali amalga oshiradi.
Jumladan, davlatning budjet-soliq (fiskal) va pul-kredit (monetar)
siyosatlarini farqlash qabul qilingan.
Ma’lumki, davlat budjetining daromad qismi, asosan, soliqlardan,
xarajat qismi davlat ehtiyojlari uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olish
xarajatlari va aholiga to‘lanadigan transfert xarajatlaridan iborat bo‘ladi.
Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati asosida
xuddi shu soliqlar, davlat
xarajatlari va transfert to‘lovlari miqdorini o‘zgartirish yordamida
yalpi
talab va
yalpi taklif hajmiga ta’sir qilish yotadi.
Masalan,
agar soliqlar oshirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida kamroq
pul qoladi. Bu holatda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi.
Bu holat tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga,
aholining
Yuqoridagi chizmada davlat tomonidan soliq stavkasi oshirilishi
natijasida mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tasvirlangan.
Siz soliq stavkasi kamaytirilgan holatda mamlakat iqtisodiyotida sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni taxmin qiling va sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: