Qozog`iston Respublikasining Soliq tizimi


Download 16.11 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi16.11 Kb.
#100460
Bog'liq
Bahriyev Muhriddin.Qozog`iston


Qozog`iston Respublikasining Soliq tizimi.

Qozog`istonda ham soliqlar xuddi O`zbekistondagi kabi borib tushish manbasiga ko`ra umumdavlat soliqlar va mahallaiy soliqlarga bo`linadi.



Umumdavlat soliqlarga:

  • Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i;

  • QQS;

  • Aktsiz solig`i;

  • Qimmatbaho qog`ozlar operatsiyasiga solinadigan soliq;

  • Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa maxsus to`lovlar kiradi.

Mahalliy soliqlarga:

  • Yer solig`i;

  • Mol-mulk solig`i;

  • Transport vositasiga solinadigan soliq kiradi.

Qozog‘iston soliq tizimini asosiy tarkibini qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil qiladi. Asosiy soliq stavkasi QQS bo‘yicha 20%, soliq solinadigan oborotdan pasaytirilgan, 10% stavka asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, tirik mol va parrandaga, bolalar oziq-ovqati, diabet ovqatlarga maxsus ro‘yxat bo‘yicha omuxta emlarga qo'llaniladi. Bundan tashqari 0%li stavka bilan eksportga chiqariladigan tovarlar, xalqaro yo‘lovchilarni, hayvonlami, tovarlarni, bagaj va pochta olib yurish soliqqa tortiladi. Rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan tekstil, tikuvchilik, teri -oyoq kiyim sanoati mahsulotlarini respublika hududlarida sotganda ham 0%li stavka qo‘llanadi. Bu tadbir ham ichki ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi. Birinchi savdoda affinirlashtirilgan qimmatbaho metallarni (oltin, platina) sotilganda ham 0%li stavka qo'llanadi. 0% stavkani qo`llash 2 ta imtiyozni anglatadi: bir tomondan sotiladigan tovarlar soliqdan ozod qilinadi va boshqa tomondan ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan material resurslarini, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarga taalluqli QQS chiqarib tashalanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to`lovchilari Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankidan tashqari hamma yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar, shu jumladan, norezident huquqiy shaxslar, horijiy davlatlarni fuqarolari va fuqarolik olmagan shaxslar hisoblanadi. Soliq solinadigan ob’ekt soliq solinadigan daromad hisoblanib, uni yillik daromad yig'indisidan belgilangan chiqarishlarni ayrib tashlagandan keyin aniqlanadi. Soliq toMovchi - rezidentni jami daromadi yig‘indisi Qozog‘istonda va undan tashqarida olingan daromadlarda va norezidentlarniki - Qozog‘iston chegarasida olingan daromadlardan tashkil topadi. Jami yig'ilgan daromad (tushum tushuniladi) quyidagilardan tashkil topadi:

■ tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar;

■ ish haqi sifatida va pensiya to‘lovi shaklida olingan daromadlar;

■ jismoniy shaxslarni mol-mulk daromadi.

Soliq solinadigan yuridik shaxsni daromadi 30%li stavka bilan soliqqa tortiladi. Bundan, yer- asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yuridik shaxslar mustasnodir. Ular soliqni 10% stavka bilan yerdan to`g`ridan-to‘g ‘ri foydalanib olgan daromadidan to‘laydi. Foizlar, dividendlar, yuridik va jismoniy shaxslarga berilganda manbaida 15%li stavka bilan olinadi va keyin soliqqa tortilmaydi.

Jismoniy shaxslarning umumiy daromadlari tabaqalashtirilgan stavka bilan daromad hajmiga qarab maxsus jadval asosida olinadi.

Aktsiz solig`i nafaqat Qozog‘istonning hududida ishlab chiqaiilgan tovarlardan, balki import qilinadigan tovarlar va o‘yin bizneslaridan ham olinadi. Aktsiz olinadigan tovarlar ro‘yxati ichki ishlab chiqaruvchilar va import tovarlar uchun bir xil. Aniq stavkalar respublika hukumati tomonidan tasdiqlanadi.

Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish asosiy kontrakt turlariga qarab 2 ta modelga bo`linadi. Birinchi model foydalanuvchilar hamma turdagi soliqlarni va Qozog‘iston qonunchiligida ko`rilgan majburiy to`lovlarni to'lashi hisobga olingan. Ikkinchi model yer ostidan foydalanganliklari uchun mahsulotni bo‘lishda Qozog‘iston Respublikasini ulushini berib, yana quyidagi soliq va majburiy to‘lovlarni beradi: yuridik shaxsdan olinadigan daromad solig‘i, chet el yuridik shaxsini, doimiy muassasani daromadi, QQS, bonuslar, royalti, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish, ayrim faoliyat turlari bilan shug`ullanganlik uchun huquqiy yig‘imi va boshqa majburiy to‘lovlar. Birinchi modelda hamma turdagi shartnomalarga (mahsulotni bo`lishdan tashqari shartnomalar) belgilanadi. Mahsulotni taqsimlash bilan bog‘liq shartnomalarga ikkinchi model soliq rejimi qo`llanadi.

Ko`rinib turibdiki, Qozog`istonning Soliq tizimi O`zbekistonnikiga o`xshab ketadi. Ammo soliq stavkasi va bazasida farqli jihatlari ham mavjud.




Qozog`iston

O`zbekiston

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i - 20%

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i – 15%

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i - 10%

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i – 12%

QQS - 12%

QQS – 15%

Mol-mulk solig`i yuridik shaxslar uchun – 1.5%

Mol-mulk solig`i yuridik shaxslar uchun – 2%

Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling