Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
? Kamaydi ? Oshdi Narx-navo Tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab Kamaydi ? Aholi va firmalar ixtiyoridagi pul mablag‘lari miqdori Kamaydi ? Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ? Kamaydi Oshdi Soliqlar Kamaydi Aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi http:eduportal.uz 69 Yalpi talab — mamlakatda ma’lum vaqt davomida sotib olinishiga ehtiyoj va imkoniyat bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati. Yalpi taklif — mamlakatda ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilishi va bozorga chiqarilishi imkoniyati bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati. ish bilan ta’minlanganlik darajasining pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar soliqlar kamaytirilsa, aholi va firmalar ixtiyorida ko‘proq pul qoladi. Bu holatda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining oshishiga olib keladi. Xuddi shu kabi, agar davlat soliqlarga tegmasdan o‘z xarajatlarini yoki transfert to‘lovlarini oshirsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabi oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining oshishiga yoki inflatsiya darajasining oshishiga olib keladi. Aksincha, agar soliqlar o‘zgarishsiz qolib, davlat xarajatlari yoki transfert to‘lovlari kamaytirilsa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab kamayadi. Bu esa tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning kamayishiga, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasining pasayishiga yoki inflatsiya darajasining pasayishiga olib keladi. Ko‘pchilik hollarda, davlat bir vaqtning o‘zida ham davlat xarajatlarini, ham soliqlar stavkasini o‘zgartirish bilan iqtisodiyotni barqarorlashtirishga urinadi. Davlat budjeti kamomadining miqdori mamlakatda ishlab chiqarilgan bir yillik yalpi mahsulot hajmining 2—3 foizi miqdorida bo‘lishi normal holat hisoblanadi. Lekin kamomad hajmi haddan tashqari oshib ketganda, uni kamaytirish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Davlat budjetining kamomadini quyidagi yo‘llar bilan kamaytirishi mumkin: 1. Davlat xarajatlarini kamaytirish; 2. Qo‘shimcha daromad manbalarini topish; 3. Tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan, ortiqcha pulni muomalaga chiqarish; 4. O‘z fuqarolaridan, firmalardan, chet el hukumatlari, xalqaro bank va moliyaviy muassasalaridan qarz olish. Davlat o‘zining pul-kredit siyosatini markaziy bank orqali olib boradi. Ma’lumki, markaziy bank va tijorat banklari birgalikda mamlakatning Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling