Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Markaziy bank Tijorat banklari BANK http:eduportal.uz 65 Yevropadagi ilk pul almashtiruvchilar savdo maydonlarining gavjum joylarida kursi qo‘yib ishlaganlar. Shuning uchun ham bank so‘zi italyanchadagi banco - ya’ni kursi so‘zidan kelib chiqqan. Bank aholi, firma va korxonalarga pul va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatuvchi moliyaviy muassasadir. O‘zbekistonning bank tizimida rivojlangan mamlakatlar bank tizimidagi barcha amaliyotlar amalga oshiriladi. Xususan, mamlakatimizda banklar: — pul va qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi (emissiya qiladi); — aholi va firmalar mablag‘larini saqlab beradi; — aholi va firmalarga ma’lum foiz evaziga qarz beradi; — turli qimmatbaho buyumlarni saqlab beradi; — boshqa davlatlar pullarini sotib oladi va sotadi; — qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi; — to‘lov va hisob-kitob ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Bank o‘ziga xos umumiy jamg‘arma bo‘lib, aholi qo‘lida “ishlamay yotgan” pullarni “ishlashga” majbur qiladi. Jamg‘arilgan pullarni, pulga muhtoj bo‘lgan tadbirkorlarga ma’lum foiz evaziga qarzga beradi. Tadbirkorlar esa, o‘z navbatida, bu pullarni ishlab chiqarishga sarflab, iqtisodiy ne’mat yaratadi. Shu tariqa, bank iqtisodiyotning rivojiga hissa qo‘shadi. Odatda banklar ikki turga bo‘linadi: markaziy bank va tijorat banklari. Markaziy va tijorat banklari birgalikda mamlakatning ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qiladi. Markaziy bank davlatga qarashli bo‘lishi ham, qarashli bo‘lmasligi ham mumkin. Markaziy bank davlatga qarashli bo‘lgan holatda, unga davlatning asosiy banki sifatida davlat ahamiyatiga ega huquq va vazifalar yuklatiladi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi: — mamlakat milliy valutasini va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi; — mamlakatda pul muomalasini tartibga solib, muomaladagi pul miqdorini nazorat qiladi; — tijorat banklariga ma’lum foizda qarz beradi; — chet el valutalarining milliy valutaga nisbatan kursini belgilaydi; — tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi; — mamlakatning pul va oltin zaxiralarini saqlaydi. Shu bois, markaziy bank — “banklarning banki” hisoblanadi va u faqat tijorat banklariga xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda Markaziy bank davlatga tegishlidir. Tijorat banklari aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. Tijorat banklari: 5– E. Sariqov, B. Xaydarov http:eduportal.uz 66 — markaziy bankdan qarzga pul oladi; — pul mablag‘larini saqlaydi va jamg‘arishda ko‘maklashadi; — pulga muhtoj bo‘lgan mijozlarga qarz (kredit) beradi; — chet el valutalarini sotib oladi va sotadi; — qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi; — o‘z mijozlarining pul bilan bog‘liq hisob-kitob ishlarini bajaradi. Bankka qo‘yilgan mablag‘ omonat yoki depozit deb yuritiladi. Bankka mablag‘ qo‘ygan mijozlar omonatchilarga aylanadilar. Agar bank omonatchilarning pul mablag‘larini ularga ma’lum haq (foiz) to‘lash sharti bilan ma’lum muddatga saqlab berish majburiyatini olsa, bunday omonatlar muddatli depozitlar deb yuritiladi. Agar bank omonatni istalgan payt omonatchiga qaytarish majburiyatini olgan bo‘lsa, bunday omonat joriy depozit deb yuritiladi. Birinchi holda bank mijozining pul mablag‘ini jamg‘arishga va buning evaziga foiz ko‘rinishidagi daromad olishiga ko‘maklashsa, ikkinchi holda esa mablag‘ni saqlashga, mijozning birinchi talabiga ko‘ra qaytarishga yoki biror to‘lovni amalga oshirishga yordam beradi. “Qarz” bank tilida kredit deb ataladi (lotinchada creditum – qarz ma’nosini anglatadi). Albatta, bank mijozga qarz berib turganligi uchun mijoz bankka qarz haqi to‘laydi. Qarz haqi — kredit foizi deb ataladi. Kredit foizi miqdori yillik foiz stavkasiga qarab belgilanadi. Masalan, kichik korxona bankdan 40 million so‘mni bir yil muddatga 20% yillik foiz stavkasi bilan olgan bo‘lsin. Demak, korxona bir yildan so‘ng 40 million so‘mni qaytarish bilan birga, bankka qarzning 20% miqdorida, ya’ni 40000000•20%=8000000 so‘m miqdorda qo‘shimcha haq ham to‘laydi. Agar bu qarzni ikki yilga olgan bo‘lsa, kredit foizi miqdori ikki marta ko‘p bo‘ladi, ya’ni 16000000 so‘mni tashkil qiladi va hokazo. Umuman olganda, olingan qarz, kredit miqdori — P, yillik foiz stavkasi — r, olingan qarzni qaytarish muddatini — t deb olsak, u holda Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling