Mavzu: davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish tamoyillari reja


Download 66.12 Kb.
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1509126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Давлатга карашли булмаган мак т таш т эт


MAVZU: DAVLATGA QARASHLI BO’LMAGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH TAMOYILLARI


REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM:

  1. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizom.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha Qonun hujjatlari

  4. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yangilashning asosiy tamoyillari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim muassasasida yong‘in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo‘lgan talablar huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassalarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha bo‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta’lim jarayoni qatnashchilari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topadi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning ilk yillarida ta’kidlaganidek: «Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish» kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masala hali hanuzgacha o‘z yechimini kutayotgandek 1. Fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgashtirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. Tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo, zamonaviy bilim berish uchun avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash midliy dasturi»ni bosqichma-boskich muvaffaqqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan tarbiyachi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi2. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining eng ahamiyatli bo‘g‘ini hisoblanmish maktabgacha ta’limning og‘riqli nuqtalari keng qamrovli bayon etilgan3. Xususan, farmonda “Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi”, degan asosli fikrlarni o‘qishimiz mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida to‘qqiz banddan iborat vazifalar yuklatilgan. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish maktabgacha ta’lim tizimida mexnat qilayottan pedagogning saviyasi, tayyorgarligi va fidoyiligi, yosh avlodni tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.

Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling